yoki ketma-ket kod signallari yordamida shinalarga uzatiladi. Adres selektori
ma’lumotlarni ma’lum paytda kiritish porti orqali ma’lumotlar shinasiga uzatadi.
Mikro-EHM ning shinalar sistemasi.
EHM
ning turli bloklarini
birlashtirish uchun "shinalar strukturasi" dan foydalaniladi. Mikro-EHM da uch
xil: adres, ma’lumotlar va boshqarish shinalari mavjud.
Adres shinasi-
shinadagi
chiziqlar soni xotira adresidagi xonalar soni aniqlayadi. Ko’pchilik mikro-EHM
lar 16 yoki 20 xonali adresga ega (KR580 - 16 xonali, KM181 OVM80 - 20
xonali).
Ma’lumotlar shinasi-
chiziqlar soni deyarli doimo 8 xonali bo’ldi ya’ni
ma’lumotlar shinasi sakkizta chiziqqa ega.
Boshqarish
shinasi-Mikro - EHM turiga
mos boshqarish chizig’ini o’z ichiga oladi. Turli bloklarni ishga tushiruvchi
signallar boshqarish shinasi orqali uzatiladi. Mikro - EHM shinalari haqida so’z
yuritganda ichki shinalar ko’zda tutiladi.