• (stegosefallar)
  • 11-sinf Biologiya




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Bosh qismidagi muskullar oziqni chaynash 
    Ko‘krak muskullari tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi. 
    Lansetnik qaysi xususiyatlari bilan 
    halqali chuvalchanglarga o‘xshab 
    ketadi? 
    1. Ayirish organlari tananing ikki yoni bo‘ylab juft-juft joylashganligi 
    2. Bosh miyasining rivojlanmaganligi 
    3. Qon aylanish sistemasining tuzilishi va yuragining bo‘lmasligi 
    Tuban tuzilgan xordalilar qaysi 
    organizmlardan kelib chiqqan? 
    Halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan 
    Lansetniklar qanday kelib chiqqan? 
    Dastlabki xordalilardan bir guruhi dengiz tubidagi qumga ko‘milib 
    yashashga o‘tgan, ulardan hozirgi boshskeletsizlar kenja tipiga mansub 
    lansetniklar kelib chiqqan. 
    Hozirgi akulalarga o‘xshash tog‘ayli 
    baliqlar qanday paydo bo‘lgan? 
    Qadimgi xordalilarning boshqa bir guruhi faol yirtqich hayot kechira 
    boshlagan. 
    Yirtqich hayvonlardan o‘ljani ta’qib qilib tutish, chaqqon va murakkab 
    harakatlanish, idrok qilish talab etiladi. 
    Shuning uchun yirtqichlar o‘rtasida tabiiy tanlanish: 1) nerv sistemasi; 
    2) harakat organlari; 3) o‘ljani tutish va yeyish uchun zarur bo‘lgan 
    o‘tkir tishlarning rivojlanishiga olib kelgan.
    Shu tariqa hozirgi akulalarga o‘xshash tog‘ayli baliqlar paydo 
    bo‘lgan 
    Suyakli baliqlar kimlardan kelib 
    chiqqan? 
    Hozirgi akulalarga o‘xshash tog‘ayli baliqlar faol hayot kechirish 
    tufayli tog‘aydan iborat umurtqa pog‘onasining suyak bilan 
    almashinishi natijasida suyakli baliqlar kelib chiqqan. 
    Iqlimning asta-sekin quruqlashib 
    borishi natijasida qadimgi suyakli 
    baliqlar orasida tabiiy tanlanish necha 
    xil yo’nalishda sodir bo’lgan? 
    1. Birinchidan qadimgi ikki xil nafas oluvchi panjaqanotli baliqlarning 
    juft suzgichlari quruqlikda yashovchi hayvonlarning harakatlanish 
    organi – oyoqlarga aylana borgan. 
    2. Ikkinchidan jabralar o‘rniga o‘pka va teri orqali nafas olish paydo 
    bo‘lgan. Tabiiy tanlanish ta’sirida panjaqanotlilarning o‘pkasi tobora 
    rivojlanib, ularning juft suzgichlari yurish oyoqlariga aylangan. 
    Umurtqali hayvonlarning suv 
    muhitidan quruqlikda yashashga 
    moslashgan dastlabki vakillari 
    Qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar (stegosefallar) 
    hisoblanadi. 



    Download 2,21 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish