• Scopus bazasining olimlar va tadqiqotchilar uchun quyidagi qulayliklari bor: Birinchidan
  • To‘rtinchidan
  • 12-amaliy mashg’ulot Mavzu




    Download 39.5 Kb.
    Sana29.09.2023
    Hajmi39.5 Kb.
    #85517
    Bog'liq
    12-amaliy mashg\'ulot
    7.1-amaliy mashg\'ulot, 8-amaliy mashg\'ulot, 9-amaliy mashg\'ulot, 5-amaliy mashg\'ulot, 10-amaliy mashg\'ulot, 11-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot

    12-amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Scopus ma’lumotlar bazasi va undan foydalanish.
    «Scopus» – bu taqriz qilinayotgan adabiyotlar: ilmiy jurnallar, kitoblar, va konferentsiya materiallarida berilgan havolalar haqidagi qisqacha tavsif va maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan eng yirik maʼlumotlar bazalaridan biridir.Ushbu platforma dunyoning eng nufuzli ilmiy-tahliliy reyting platformalaridan biri boʼlib, u ilmiy maqolalar mualliflari, olimlar reytingi, jurnallar, tashkilotlar, mamlakatlar reytinglarini tuzish imkonini beradi.
    «Scopus» bazasi 21000 nomdagi ilmiy-texnik va tibbiyot jurnallarini, 5000 ga yaqin xalqaro nashriyot nashrlarini o’zida jamlagan.
    Ma’lumotlar bazasiga kirish:
    Scopus elektron ma’lumotlar bazasiga http://www.scopus.com/ havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi.
    Shuningdek Axborot-resurs markazida professor-o’qituvchilar va talabalar uchun o’quv zallarida o’rnatilgan kompyuterlardan ushbu platformaga bevosita kirishingiz mumkin.
    Scopus – bu ilmiy ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u dunyo bo‘ylab turli fanlar bo‘yicha nashrlarni qamrab olgan yirik elektron platforma hisoblanadi. Mazkur baza ilmiy jurnallar, kitoblar va konferensiya materiallarida berilgan havolalar haqidagi qisqacha tavsif va ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan platformadir. Scopusning afzalligi fanlarning turli sohalari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berib, tadqiqotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizuallashtirish uchun intellektual vositalarni taklif etadi. Scopus tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u Elsevier Gollandiyada (Elsevier akademik nashriyot) joylashgan ilmiy, texnik va tibbiy kontentga ixtisoslashgan akademik nashriyot kompaniyasi tomonidan 2004 yilda ishga tushirilgan. 2020 yilga qadar Scopus 26 mingdan ortiq nashrlar9,8 milliondan ortiq konferensiya hisobotlari va 43 million patentlardan 78 millionga yaqin nashrlarni indeksladi.
    So‘nggi yillarda ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar o‘z yo‘nalishlariga mos keladigan xamkorlarni topish, sohaga tegishli oxirgi ilmiy izlanishlardan bahramand bo‘lish, hamkorlikda ishlashga intila boshladi. Bunday sharoitda chinakam ilmiy, innovatsion va dolzarb ma’lumotlarni ajratib olish zaruratga aylanib, bilimning turli sohalariga oid eng sifatli ilmiy jurnallar, kitoblar va boshqa shakllardagi ilmiy nashrlarning ma’lumotlar bazalarini yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Ularni hammasini birlashtiradigan yirik ilmiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bazalar yaratila boshlandi. Hozirga qadar ulardan eng kattasi bu Scopus bo‘ldi va o‘z geografiyasini juda ham kengaytira oldi.
    Scopus bazasining olimlar va tadqiqotchilar uchun quyidagi qulayliklari bor:
    Birinchidan, ilmiy soha va ko‘rib chiqilayotgan adabiyotlarni izlash va tahlil qilish.
    Ikkinchidan, barcha mumkin bo‘lgan qidiruv manbalariga tegishli nashrlarning barcha turlarini oson topish imkoniyati.
    Uchinchidan, alohida muallif, tashkilot faoliyatini tahlil qilish imkoniyatlarining kengligi. Ya’ni bunda jurnallarni bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha qidirish, tahlil qilish va taqqoslash mumkin.
    To‘rtinchidan, istalgan mualliflar haqida to‘liq ma’lumotlarni olish (muallifning ismi, ish joyi, nashrlar mavzusi, takliflar va boshqalar) va uning eng so‘nggi ilmiy yangiliklaridan baharamand bo‘lish.
    Beshinchidan, o‘z asarlarini jahon miqyosida o‘zgalar bilan tez ulashish imkoniyatining mavjudligi bilan belgilanadi.
    So‘nggi yillarda mazkur platforma o‘z imkoniyatlari va nufuzini shu qadar kengaytirib bordiki, hattoki universitetlarni ba’zi halqaro reytinglariga kirishini belgilashda mazkur bazaga kirgan jurnallarda nashr etilgan maqolalarning soniga e’tibor qaratila boshlandi.
    Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarning ilmiy darajasi yuqori va unda nashr etiladigan maqolalarga qyyilgan talablar murakkabligi hamda qabul qilingan maqolalar indekslanishi ma’lum vaqt talab qiladi. Har sohada yengil yo‘llarni topishga xarakat bo‘lgani singari bu sohada ham maqolalarni chop etib berish xizmatlarini taklif qiladigan uddaburon kompaniyalar paydo bo‘ldi. Afsuski, yurtimizda ham ko‘pchilik olim va tadqiqotchilar bunday ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanadigan uddaburonlarga aldangani va mo‘maygina pul sarf qilgani achinarli holdir. Shuni yodda tutmoq kerakki, bazaga kiritilgan jurnallar faoliyati har chorakda yoki olti oyda yangilanadi va ilmiy maqolalar esa bepul nashr etiladi.
    Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilardan mazkur bazada o‘z asarlari bilan faol ishtirok etishi talab qilinadi. Ko‘pchilik izlanuvchilar mazkur jurnallarda o‘z ishlarini chop etishga qiynalishadi. Fikrimizcha, mazkur platformadan unumli foydalanishga qaratilgan davra suhbatlari, o‘quv-seminarlari, master klaslar va boshqa shu kabi tadbirlarni fakultetlar va universitet miqyosida o‘tkazilishi orqali muhim ma’lumotlarni yetkazish maqsadga muvofiqdir.
    Download 39.5 Kb.




    Download 39.5 Kb.