|
Kon suvlari va ularning xossalari
|
bet | 2/2 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 16,41 Kb. | | #150176 |
Bog'liq 12-Ma’ruza; Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning -fayllar.org (1)Kon suvlari va ularning xossalari
Ma’lumki er bag‘rida er suvlari mavjud.
Ular qatoriga:
Turli shakldagi va o‘lchamlardagi texnik yoriqlar asosida to‘planib qolgan;
Muz va qorlarning erishi natijasida paydo bo‘lgan va yomg‘ir suvlarini erga shimilgan;
Suv hafzalari, kanallar va ko‘llardan tog‘ jinslari va yoriklari bo‘ylab sizib o‘tadigan suvlar kiradi;
Ular tabiy sharoitda er bag‘rida to‘planib qolishi yoki buloq ko‘rinishda er sathiga sizib chiqishi mumkin.
Foydali qazilmani er osti yoki ochiq usul bilan qazib olishda turli yo‘nalishlar va o‘lchamlarda kon laxmlari kovlab o‘tiladi. Buning natijsida to‘planib qolgan er osti suvlari kon lahmlariga sizib chiqadi. Kon laxmlariga sizib chiqgan suvlarni kon suvi deb ataladi. U kon maydoning suvchanligini ifodalaydi. Kon maydoni bu shaxta yoki karer joylashgan hudud va uning suvchanligi absolyut yoki nisbiy o‘lchamlarda ko‘rsatiladi.
Kon maydonining absolyut suvchanligi bu har bir soatda kon lahmlariga sizib chiqadigan er osti suvlarining miqdoriga teng.
Kon maydonining nisbiy suvchanligi esa har bir tonna foydali qazilmani qazib olish uchun er sathiga chiqarib tashlangan kon suvining o‘rtacha miqdoriga aytiladi. U quydagicha ifoda bilan topiladi.
; (3.1)
Bu erda; Qy – yil davomida er satxiga chiqarib tashlanga suvnin miqdori, m3;
Ay- shu vaqt davomida qazib olingan foydali qazilma
miqdori. T;
Kon maydoning suvchanligi barcha konlar uchun bir xil bo‘lmaydi. Masalan Olmalik shahrida joylashgan Qalmoqir konining absolyut suvchanligi 200-250 m3/soat va Angern shaxridagi Angren kumir razrezining absolyut suvchanligi 1200-1500 m3/soat ga teng.
Yoki Qarag‘anda (Kozogiston) xududida joylashgan ko‘mir konlarining nisbiy suvchanligi Kv=25 ga teng. Demak bir tonna ko‘mirni qazib olish uchun Qarag‘anda ko‘mir konlarida 0.35-0.4 m3, Moskva viloyatidagi ko‘mir konlarida esa 25 m3 kon suvini er sathiga chiqarib tashlash kerak bo‘ladi.
Kon maydonining suvchanligi yilning fasllarida o‘zgarib turadi. Atmosfera yog‘inlari (qor, yomg‘ir) ko‘p bo‘ladigan fasllarida kon maydonining suvchanligi ortadi. Yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan fasllarda esa kamyadi.
Shuning uchun kon suvi oqimi minimal, maksimal va sel (jala) oqimlarga bo‘linadi. Ularni o‘z vaktida er satihiga chikarib tashlash zarur bo‘ladi. Aks holda konni yoki uning ayrim lahmlarini suv bosish xavfi paydo bo‘ladi.
Konlarni suv bosish xolati 1956 y “Bervud” (AKSH), 1952y “Mirg‘alimsoy ” (Kozogiston), 1979 y Shimoliy Ural konlarida va 2000y Angren razrezining bir kismida qayd etilgan.
Kon suvining tarkibida erigan holda kimyoviy moddalar, ko‘mir kon jinslarining mayda bo‘lakchalari va mikrooganizimlari bo‘ladi. Ular toza er osti suvlarining ifloslanishiga olib keladi. Erigan xolatdagi kimyoviy moddalar suvning qattiklik darajasi ortadi. Kon suvining qatiklik darajasi ortadi. Kon suvining qattiqlik darajasi 12-17 mg.ekv/l ni tashkil qiladi. Va u qattik va juda qattik suvlar qatoriga kiradi. Kon suvidan texnikaviy extiyojlarga foydalanish uchun u ohak yoki soda bilan yumshatiladi Erigan holdagi kimyoviy moddalar kon suvining kimyoviy xossasini ham o‘zgartirib yuboradi. Kimyoviy xossalarga ko‘ra kon suvi neytral, ishkoriy va kislatali bo‘lishi mumkin. Uning kimyoviy xossasi vodorot ko‘rsatgichi
(3,2)
va u teskari ishora bilan olinadi.
Bu erda; H+- suvdagi vodorod konlarining konsentratsiyasi bir litr toza suvda [H+] = 1*10-7 teng Demak uning vodorod ko‘rsatgichi
(3.3)
yoki teskari ishora bilan olinganligi uchun rN=7 Vodorod ko‘rsatgichi –rN buyicha kon suvi quydagi guruxlarga bo‘linadi:
yuqori kislotali rN=0 3
o‘rta kislotali rN=3 4
kam kislotali rN= 4 6
netral rN= 7
kam ishqoriy rN= 8 9
Kon suvi tarkibida o‘lchami 0.001 dan 1mm gacha bo‘lgan va ruda, ko‘mir va boshqa tog‘ jinslarining zarrachalaridan hosil bo‘lgan aralashma ham mavjud. Uning miqdori bir litr kon suvida 20 500 mg. ni tashkil qiladi.
Kondagi organik moddalarni (yog‘och mustahkamligichlar tirik organizimlar) chirishi oqibatida paydo bo‘ladigan mikroorganizimlar kon suvi bilan aralashib uni bakterial ifloslanishiga olib keladi. Kon maydonining suvchanligi va kon suvining fizikaviy va kimyoviy xossalari suv chiqarish ishini tashkil qilishda asosiy ko‘rsatgichlardan hisoblanadi.
http://fayllar.org
|
| |