O.AUTHDATA O.AUTHDATA- MBBTga javobgar baholash obyektidan foydalanuvchilarning
hamda bazaviy tizimning har qanday hisob yozuvi uchun autentifikatsiya
ma’lumotlarining ishonchli madadlanishini va ushbu hisob yozuvidan
foydalanishga vakolati bo‘lmagan shaxslarga fosh etilmasligini ta’minlashi lozim.
Ayniqsa:
- bazaviy operatsion tizim va/yoki xavfsizlikning tarmoq servislari uchun
autentifikatsiya ma’lumotlari saqlanuvchi eltuvchilar bazaviy platformadan
ruxsatga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan fizik yo‘q qilinmasligi lozim;
- foydalanuvchilar o‘zlarining parollarini boshqa shaxslarga bildirmasliklari lozim;
- tizim ma’muri tomonidan generatsiyalangan parollar xavfsiz tarqatilishi lozim.
O.IWEDIA O.IWEDIA - MBBTga javobgar ma’lumot eltuvchisida saqlanuvchi
ma’lumotlaming konfidensialligining, yaxlitligining va foydalanuvchanligining
adekvat himoyalanganligini ta’minlashi lozim.
Ayniqsa:
- ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari va xavfsizlikka bog‘liq ma’lumotlar (operatsion
tizimning rezerv nusxalari, ma’lumotlar bazasining rezerv nusxalari, tranzaksiya
jumallari va audit jumallari) joylashgan ma’Iumotlami saqlovchi avtonom
qurilmalar foydalanuvchilar tomonidan bazaviy platformadan ruxsatsiz fizik yo‘q
qilinishi mumkin emas;
- ma’lumotlar saqlanuvchi tarmoq va avtonom qurilmalar munosib saqlanishi,
madadlanishi hamda xavfsizlikka bog‘liq ma’lumotlaming yaxlitligini va
foydalanuvchanligini ta’minlash maqsadida muntazam tekshirilishi lozim;
- ma’lumotlar bazasi bilan bog'liq fayllar (jumladan, ma’lumotlar bazasi fayllari,
eksport fayllar, takroran ro‘yxatga olish fayllari, boshqarish fayllari, trassirovka
fayllari) saqlanuvchi eltuvchilar takroran ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq
bo‘lmagan maqsadlarda ishlatilishidan oldin tozalanadi.
Asosiy talablarda belgilanganidek, himoya siyosatiga mos har qanday MBBT
xavfsizlikning barcha funksional talablarining bajarilishini ta’minlashi lozim.
Shuningdek, himoya siyosatiga mos har qanday MBBT ko‘rsatilgan
autentifikatsiya paketlaridan birini identifikatsiyalashi va bajarilishini ta’minlashi
lozim. MBBT har bir ma’lum qilingan autentifikatsiya paketi uchun xavfsizlikning
barcha mos funksional talablarining bajarilishini ta’minlashi lozim.