• Harakatlanuvchi shaxs
  • 12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/16
    Sana21.02.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #159740
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Data base security - lecture 12

    Foydalanish variantlari 
    Muayyan protseduraning bajarilish maqsadiga bog‘liq ravishda quyidagi 
    foydalanish variantlari farqlanadi: 
    • asosiy — ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minlashning talab qiluvchi 
    funksionalligini ta’minlaydi; 
    • ko'makchi — tizimning zaruriy sozlanishi va≪unga xizmat ko‘rsatilishi 
    (masalan, axborotni arxivlashtirish va h.k) bajarilishini ta’minlaydi; 
    • qo‘shimcha — foydalanuvchi uchun qo‘shimcha qulayliklarni ta’minlaydi 
    (odatda, ishlab chiqishda ham, tasarrufda ham qandaydir resurslarning jiddiy 
    sarflanishini talab qilmagan holatda amalga oshiriladi). 
    Foydalanish variantini qisqacha yoki batafsil bayon etish mumkin. Qisqacha bayon 
    shakli quyidagilarni qamrab oladi: foydalanish varianti nomi, uning maqsadi, 
    harakatlanuvchi shaxslar nomi, foydalanish varianti tipi (asosiy, ikkinchi darajali 
    yoki qo‘shimcha) va uning qisqacha bayoni. 
    Kombinatorik — optimallashtiruvchi masalalarni hal etish tizimi topshirig`ni 
    bajarish foydalanish variantini quyidagicha tarzda taqdim etishi mumkin: 
    Asosiy foydalanish variantlari odatda ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minot predmeti 
    sohasini aks ettirishga intilgan holda batafsil bayon ettiriladi. Batafsil shakl 
    yuqorida ko‘rsatilgan axborotdan tashqari hodisalar tipik bajarishning va mumkin 
    bo'lgan muqobilliklarning bayonini ham qamrab oladi. 
    Hodisalarning tipik borishi ketma-ket raqamlagan holda foydalanuvchi bilan tizim 


    o‘rtasidagi muloqot tarzida taqdim etiladi. Agar foydalanuvchi variantlarni tanlashi 
    mumkin bo‘lsa, ular alohida jadvalda bayon etiladi. Shuningdek, hodisalarning 
    tipik borishi buzilishi bilan bog‘liq muqobilliklar ham keltiriladi. Quyida 
    topshiriqni bajarish foydalanish variantining batafsil bayoni taqdim etiladi: 
     
    Harakatlanuvchi shaxs 
    Harakatlanuvchi shaxs — ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minotga munosabat 
    bo`yicha tashqi mavjudod boclib, u bilan qandaydir axborotni olish yoki taqdim 
    etish maqsadida o‘zaro harakatlanadi. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, ishlab 
    chiqiluvchi dasturiy ta ’minot bilan o‘zaro harakatlanuvchi foydalanuvchilar, 
    boshqa dasturiy ta ’minotlar yoki qandaydir texnik vositalar harakatlanuvchi 
    shaxslar bo‘la olishlari mumkin. 
    Foydalanish varianti — harakatlanuvchi shaxs uchun uning muayyan topshirig‘ini 
    hal etuvchi ayrim ravshan protsedura. Barcha foydalanish variantlari u yoki bu 
    darajada ishlab chiqiluvchi tizim funksionalligiga bog‘liq va bajariluvchi ish hajmi 
    bo‘yicha kuchli farqlanishi mumkin. 
    Aloqa 
    Aloqa — harakatlanuvchi shaxslar va tegishli foydalanish variantlarining o‘zaro 
    harakatlanishi. 
    Foydalanish variantlari, shuningdek o‘zaro bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bundan 
    foydalanish va kengayish aloqalari qayd etiladi. 
    Foydalanish ishlab chiqiluvchi dasturiy ta ’minot xatti-harakatining bir necha 
    foydalanish variantlarida takrorlanadigan ayrim ragmenti mavjudligini e’tiborda 
    tutadi. Mazkur fragment alohida foydalanish varianti sifatida rasmiylashtiriladi va 
    u bilan 
    ≪foydalanish ≫ tipidagi aloqa ko‘rsatiladi. 
    Kengayish birida ayrim qo‘shimcha amallar mavjudligi bilan farqlanadigan ikkita 
    o'xshash foydalanish varianti bor bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Mazkur holatda 
    qo‘shimcha amallar alohida foydalanish varianti sifatida belgilanadi va u asosiy 
    variant bilan bog‘liq bo‘ladi. 

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish