ya’ni tizimning mumkin bo‘lgan amallarini bayon etish uchun tizim ketma-
ketliklari diagrammalaridan, tizimiy hodisalar, tizimiy operatsiyalar, faoliyatlar
diagrammalaridan, zaruriyat bo‘lganda obyektlar holatlari diagrammalaridan ham
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tizim ketma-ketliklari diagrammasi.
Tizim ketma-ketliklari diagrammasi — grafik model bo‘lib,
foydalanish
variantining belgilangan ssenariysi uchun harakatlanuvchi shaxslar bo‘laklaydigan
hodisalarni va ularning tartibini ko‘rsatadi. Bunda tizim yagona yaxlitlik sifatida
qaraladi. Tizim ketma-ketliklari diagrammasi tizimi uchun quyidagilar
zarur:
• tizimni ≪qora quti≫ sifatida tasavvur etish va uning uchun hayot chizig‘ini
blokka pastdan boruvchi vertikal punktir
chiziqni tasvirlash lozim;
• har bir harakatlanuvchi shaxsni identifikatsiyalash va uning uchun hayot
chizig‘ini tasvirlash kerak (dasturiy ta ’minlashdan birgalikda foydalanish
variantlarida kocplab harakatlanuvchi shaxslar bo‘ladi);
• foydalanish varianti bayonidan tizimiy hodisalar ko‘pligini va ularning ketma-
ketligini belgilash darkor;
• tizimiy hodisalarni oxirida strelkani chiziqlar tarzida harakatlanuvchi shaxslar va
tizimlar hayot chiziqlari o'rtasida tasvirlash, hamda
hodisalarning nomlarini va
beriluvchi ifodalar ro‘yxatlarini ko'rsatish shart.
Ichki hodisalardan farqli o'laroq, tizim uchun harakatlanuvchi shaxslar
tomonidan
bo‘laklanadigan hodisalar tizimiy hodisalar deyiladi. Tizimli hodisalar
tegishli
ko‘plab operatsiyalar (ular ham tizimiy deyiladi) bajarilishini boshlaydi. Har bir
tizimiy operatsiyani tegishli xabar nomi bo`yicha nomlanadi.
Barcha tizimli operatsiyalarning ko‘pligini barcha
foydalanish variantlarining
tizimiy hodisalarini identiflkatsiyalagan holda belgilanadi. Ko'rgazmalilik uchun
tizimiy operatsiyalarni
System abstrakt sinfi (tipi) operatsiyalari tarzida tasvirlanadi.
Agar operatsiyalar ko‘pligini turli foydalanuvchilar boshlanuvchi tagko‘pliklarga
ajratish zarur bo‘lsa, u holda bir necha System 1, System 2 va h.k. abstrakt
sinflardan foydalaniladi.