|
Obyektli yondashuvda talablar tahlili va dasturiy ta’minotBog'liq Data base security - lecture 12Obyektli yondashuvda talablar tahlili va dasturiy ta’minot
spetsifikatsiyalarini baholash
Ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minotning obyektli yondashuvidagi model lari real
dunyo predmetlari va hodisalariga asoslangan. Shuningdek, ushbu modellar
asosida ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minlashning talab qilinuvchi xatti-harakati,
ya’ni uning funksionalligi bayoni turadi, biroq bu xatti-harakat muayyan predmetli
soha elementlari (obyektlari)ning holatlari bilan bog'liq bo‘ladi.
Shunday qilib, tahlil bosqichida ikki vazifa qo‘yiladi:
• ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minotning talab qilinuvchi xatti-harakatini
aniqlashtirish;
• qo‘yilgan vazifalar nuqtayi nazaridan uning predmetli sohasi konseptual modelini
ishlab chiqish.
UML standart tili
UML — dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishning obyektli yondashuv bilan
birgalikdagi standart tili
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga obyektli yondashuv asosida obyektli
dekompozitsiya, ya’ni ishlab chiquvchi dasturiy ta’minotni obyektlar jamlanmasi
tarzida taqdim etish turadiki, ushbu obyektlarning o‘zaro harakati jarayonida
axborotlarni berish orqali talab qilinuvchi funksiyalarni bajarish yuz beradi. Biroq
xuddi tuzilmaviy yondashuvdagi kabi obyektli yondashuvda ham faqat juda oddiy
dasturiy ta’minot dekompozitsiyasini darhol bajarish mumkin.
Shu boisdan obyektli, mo‘ljalli dasturlash davri ibtidosida dasturiy ta’minotni
obyektli yondashuv doirasida tahlil qilish va loyihalashning har xil modellar
hamda notatsiyalardan foydalanilgan turlicha usullari taklif qilingandi.
Mazkur usullar va modellarning afzalliklari hamda kamchiliklari xususida uzoq
bahslashish mumkin edi. Ushbu vaziyat
≪usullar urushi≫ nomini olgandi.
≪Usullar urushi≫ga 1995-yilda UML (Unified Modeling Language
— modellashtirishning unifikatsiyalangan tili) tili birinchi versiyasining paydo
bo'lishi yakun yasadi. Ushbu til hozirgi paytda obyektga — mo‘ljallangan
yondashuv bilan yaratiluvchi loyihalar bayonining standart vositasi deb amalda tan
olingan. Ushbu sohalardagi yetakchi mutaxassislar Gradi Buch, Ivar Yakobson va
Jeyms Rombo mazkur tilning yaratuvchilari bo‘lib, ular ≪usullar urushi≫ vaqtida
ushbu mualliflarning yondashuvlarida paydo bo‘lgan barcha yaxshi narsalardan o‘z
tilida foydalanishgan.
|
| |