tahdid MBBT doirasidagi axborotdan foydalanuvchanlikka tegishli. Masalan,
ma’lumotlar bazasi foydalanuvchisi resurslardan haddan tashqari foydalanish bilan
bog‘liq harakatlar qilishi boshqa foydalanuvchilaming ma’lumotlardan,
resurslardan va servislardan qonuniy foydalanishlariga to'sqinlik qiladi.
Bunday tajovuzlar yomon niyat bilan qilinishi mumkin, e’tiborsizlik yoki
beparvolik natijasi bo‘lishi mumkin yoki foydalanuvchi o‘z harakatining oqibatini
anglamasligi mumkin. Bunday tajovuzlar ko‘p sonli foydalanuvchilaming bir
vaqtdagi harakati natijasida kuchayishi mumkin.