• Ma’lumotlar bazasi vositalari yordamida autentifikatsiya
  • 12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/16
    Sana21.02.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #159740
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Data base security - lecture 12

     
    Autentifikatsiya paketi 
    Autentifikatsiya paketi ma’lumotlar bazasi uchun foydalanuvchining ma’lum 
    qilgan identifikatorining haqiqiyligini tasdiqlovchi mexanizmni taqdim etadi. 
    Ushbu himoya profili doirasida bu quyidagi ikkita mexanizm yordamida 
    ta'minlanishi mumkin: 
    Tashqi — xost operatsion tizim yordamida (operatsion tizim vositalari orqali 
    autentifikatsiya). Autentifikatsiyaning ushbu sxemasida ma’lumotlar bazasi 
    foydalanuvchisini identifikatsiyalash va 
    autentifikatsiyalashda xostning operatsion tizimiga ishoniladi. Xostning operatsion 
    tizimi ma’lumotlar bazasidagi foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlashni 
    ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi operatsion tizim tomonidan taqdim etilgan 
    identifikatorni ma’lumotlar bazasi identifikatorini o‘matish uchun ishlatadi. 
    Ma’lumotlar bazasi vositalari yordamida autentifikatsiya 
    Autentifikatsiyaning ushbu sxemasida ma’lumotlar bazasi o‘zining shaxsiy 
    autentifikatsiyalash mexanizmidan foydalanib, foydalanuvchi bildirgan 
    identifikatoming haqiqiyligini tekshiradi. 
    Yuqorida tilga olingan autentifikatsiya servislaridan bo‘lmaganida bittasi mos 
    ma’lumotlar bazasi tomonidan taqdim etilishi shart. Himoyaga ehtiyoj axborot 


    texnologiyasining aktivlari MBBT doirasida saqlanuvchi, konfidensialligi, 
    yaxlitligi yoki foydalanuvchanligi obro‘sizlantirilishi mumkin bo‘lgan axborotdan 
    iborat. 
    Ma’lumotlar bazasi obyektlari va ma’lumotlar bazasining ushbu obyektlari 
    doirasidagi ma’lumotlar axborot texnologiyasining aktivlari hisoblanadi. 
    Ma’lumotlar bazasining boshqa obyektlaridagi ma’lumotlar qismlarining 
    birlashmasi ma’lumotlar bazasining obyektlari bo‘lishi mumkin. Boshqarish 
    ma’lumotlari MBBT tomonidan ma’lumotlar bazasi obyektlarini tashkil etish va 
    himoyalash uchun ishlatiladi. 
    Ma’lumotlar bazasi auditining ma’lumotlari MBBT tomonidan uning ishlash 
    jarayonida generatsiyalanadi. 

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish