• 1.Polimerlar qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligida
  • 12-Mavzu; polimerlar kinyosining zamonaviy muammolari. Reja




    Download 36.5 Kb.
    bet1/14
    Sana31.05.2023
    Hajmi36.5 Kb.
    #67917
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    12-KZM.
    506-Article Text-1205-1-10-20201028, Kompyuter grafikasi va WEB-DIZAYN M.E. Mamarajabov 2013 , 14-MARUZA, kompyuter injiniring fakulteti, 619 17-Mavzu Ped кор, Erkinova .Sh (1), Ma’lumotlar bazasi fanidan yn savollari 2023, ShQ Portfolio fayl2, Future Simple Kelasi zamon, voters-outer-p-103 (2), 978-5-7996-2132-2 2017, Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob, f6649f51-fe7d-41d7-b173-ef6b62bf3a48, sirtqi E va S1

    12-Mavzu; POLIMERLAR KINYOSINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI.
    Reja:

    1. Polimerlar qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligida

    2. Polimerlar oziq-ovqat sanoatida

    3. Polimerlar radio-elektronika sohasida

    4. Polimerlar chorvachilikda

    5. Polimerlar samaliyotsozlikda

    6. Polimer avtomobilsozlikda

    7. Polimerlar qurilishda

    8. Polimerlar jarrohlikda

    9. Polimerlar stamotologiyada

    10. Polimer dorilar; “Payvandli” polimer dorilar

    1.Polimerlar qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligida
    Polimer materiallaridan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida foydalanish yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligining turli sohalarida 30 dan ortiq polimerlardan olingan, besh mingdan ortiq mahsulot ishlatilmoqda. Qishloq xo’jaligi va bu bilan bog’liq bo’lgan sohalar uchun ishlatilayotgan polimer pardalarning salmog’i yil sayin ortib bormoqda. Keyingi yillarda sanoatda ishlab chiqarilayotgan pardalarning sifatini yaxshilashga ham e’tibor berilmoqda. Qishloq xo’jaligidagi polimer pardalarning ishlatilish sohalariga qarab ularning maxsus talablar qo’yilmoqda. Pardalar pishiq va tiniq bo’lib, quyosh nurini yaxshi o’tkazish va quyoshga chidamli bo’lishi kerak. Polietilen pardasi sanoatda qishloq xo’jaligida , turmushda eng ko’p ishlatiladigan mahsulotdir.Ko’p yillardan beri foydalanib shisha bilan yopilgan issiqxona inshoatlarining ustuni polimer pardasi bilan berkitish ham samarali foyda bermoqda. Issiqxonada polimer pardasidan foydalanish tufayli mehnat unumdorligi oshdi, mablag’ kam sarflandi, mehnat sifati yaxshilandi, hosildorlik oshdi. Polimer pardalar namlikni o’tkazmaydi, ularni bu xususiyati havo namligi kam bo’lgan joylarda masalan, Toshkentda sitrus o’simliklari o’stirilgan juyak qatorlar bilan yopib qo’yilsa, havoning namligi yuqori darajada saqlanishi orqali sitrus o’simligidan yaxshi hosil olish mumkin. Polietilen pardasi ostida ekilgan yer satxiga yopilganda ikki barobar ko’p hosil olishga erishilgan. Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda polietilen pardasidan ham boshqa materiallardan ham keng foydalanilmoqda. Bu materiallar suv satxi va suv usti sug’orish ishlarida, issiqxonalarni isitishda drinaj qurilishida, artizan quduqlarini kovlashda suv ta’minoti sistemalarida zaharli moddalar tashishda va boshqa texnologik jarayonlarda qo’llanilmoqda. Qishloq xo’jalik xodimlari ishni yengillashtirish maqsadida olimlarimiz yangidan yangi moddalarni sun’iy struktura hosil qiluvchi polimerlarni kashf etmoqdalar. Bu moddalarni mayda va quruq bo’lishi ularni qoplarda tashishga, yerlarga sepishga oson bo’lishi va suvda erimaydigan, aralashadigan bo’lishi kerak. Umuman struktura hosil qiluvchi modda sepilgan yer sug’orilganda, yomg’ir yog’ib tuproq nomlanganda u modda suvda satxi bir necha marta kattalashib, tuproqning mayda zarrachalarini o’z sirtiga oladi. Namlik ketgach tuproqning mayda zarrachalari strukturasiz donachalari polimer modda satxi orqali o’zaro tutashib, strukturali tuproq hosil qiladi. Bunda polimer yelim rolini o’ynaydi, mayda zarralarni go’yo yelimlab yopishtiriladi. Bunday struktura beruvchi polimer moddalarning tuproqqa tas’ir etishi natijasida tuproqning agronomik strukturasi tubdan yaxshilanadi, hosildorlik oshadi. Bu sohada o’zbek olimlarining yutuqlari yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan: akademik Axmedov K.S. tomonidan poliakrilonitrit asosida K-4 nomli suvda eruvchi polimer yaratilgan. Bu polimer strukturasini yaxshulashda ishlatiladi. [5].

    Download 36.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 36.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-Mavzu; polimerlar kinyosining zamonaviy muammolari. Reja

    Download 36.5 Kb.