• Kalit so‘zlar
  • Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 59.31 Kb.
    Sana08.11.2022
    Hajmi59.31 Kb.
    #29489
    Bog'liq
    3-Sho\'ba Meliboyev I
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

    O’ZBEKISTONDA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
    Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi
    assistenti Meliboyev Ilhomjon Abduraxmon o‘g‘li
    Farg‘ona Politexnika Instituti

    ANOTATSIYA
    Ushbu tezisda respublikadagi oziq ovqat sanoatida qishloq xo’jaligining o’rni, oziq ovqat maxsulotlarining sifati va xavfsizligini taminashlashning muammolari va ularning yechimlari batafsil bayon etilgan.
    Kalit so‘zlar: Tarmoq, sanitariya-epidemiologiya xizmati, standartlashtirish, utilizatsiya, profilaktika, retseptura, texnologik jarayonlar, sertifikatlashtirish, modifikatsiya, metrologiya.
    Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor.
    Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.
    2018 yilning may-iyun oylarida “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan
    Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida davlat nazorat organlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, “O‘zstandart” agentligi tomonidan 2021yil va 2022 yilning 1 apreliga qadar standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari hamda metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari bajarilishi yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi 79 ta tadbirkorlik subyektida o‘tkazilgan davlat nazorat tekshiruvlarida 203 turdagi oziq-ovqat mahsulotidan 60 turdagisi amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq emas, deb topilgan
    2021 yil davomida Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan sanitariya-epidemiologiya xulosasini rasmiylashtirish davrida jami 450,4 kg., 232 dona qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ talablariga javob bermaganligi uchun belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
    O‘tgan davr mobaynida veterinariya va laboratoriya ko‘riklari natijalariga ko‘ra kushxona va dehqon bozorlarida iste’molga yaroqsiz deb topilgan 304 tonna go‘sht, , 104,7 tonna sut va sut mahsulotlari hamda 2878 tonna o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda utilizatsiya qilingan.
    Shu bilan birga, olib borilayotgan profilaktika ishlariga qaramay, sohada qator kamchiliklar mavjudligi kuzatilmoqda.
    Ayrim ishlab chiqaruvchilar shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, mahsulot qadoqlarida saqlash sharoitlari va ishlab chiqarilgan sanalarni ko‘rsatmasligi oqibatida savdo rastalarida uzoq muddat saqlanib, yaroqlilik muddati o‘tib bo‘lgan mahsulotlar fuqarolar tomonidan iste’mol qilinishi oshqozon-ichak tizimida buzilishlar, boshqa turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda
    Aksariyat oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari loyiha asosida qurilmaganligi, mahsulotlar boshqa maqsadlar uchun qurilgan binolarda ishlab chiqarilishi, mahsulot ishlab chiqarishning har bir jarayonida xavfsizlik talablari bajarilmasligi, oziq-ovqat qo‘shimchalarini belgilangan retseptura asosida me’yorida qo‘shilmayotgani, ularni qadoqlash, tamg‘alash, tashish va saqlash hamda texnologik jarayonlar ketma-ketligiga rioya etilmayotgani ayrim hollarda odamlarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar keltirmoqda.
    Bugungi kunda veterinariya sohasida 1300 dan ziyod oliy ma’lumotli mutaxassislar yetishmayapti. Chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 5 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari va 2 mingga yaqin parrandachilik xo‘jaliklarida veterinariya vrachi shtat birligi mavjud emas. Shuningdek, xonadonlarda hayvonlarni so‘yish ishlari ham nazoratdan chetda qolmoqda. Mamlakatimizda o‘simlik ko‘chatlarida, o‘simlik va meva-sabzavot urug‘larida genetik modifikatsiyalangan organizmlarni aniqlash bo‘yicha ishlar ham tashkil etilmagan.
    Xulosa qilin shuni aytish mumkinki Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi qonun hujjatlarini hamda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish chora tadbirlari ko’rilishi maqsadga muvofiq.

    Foydalanilgan Adabiyotlar


    1. Abdruraxmon O'g'li M. I. OCCUPATIONAL DISEASES IN INDUSTRIAL ENTERPRISES: CAUSES, TYPES AND PRINCIPLES OF PREVENTION //International Journal of Advance Scientific Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 1-9.
    2. Teshaboyev, A. M., & Meliboyev, I. A. (2022). Types and Applications of Corrosion-Resistant Metals. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES3(5), 15-22.
    3. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
    4. https://uz.wikipedia.org/
    Download 59.31 Kb.




    Download 59.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 59.31 Kb.