`
27
INTEL protsessorlarining kamchiliklari
1.
Platforma protsessorlarning yangi qatorining har bir chiqarilishi bilan o‘zgaradi (LGA
1155 soketli protsessorlardan tashqari).
2.
Ikkitadan ortiq kuchli ilovalar bilan ishlay olmaydi.
3.
“K” indeksli i7-i5 protsessorlari ayniqsa kuchli sovutishga muhtoj.
4.
Nisbatan yuqori narx.
Intel kompaniyasi 10-yadroli protsessorni ommaga yangi Core X protsessorlari qatorini taqdim
etdi. Yangi avlod protsessorlari orasida eng ko‘zga tashlangani 18 yadroli 36 qatorli Core i9-
7980XE protsessori bo‘ldi. U 16-yadroli AMD Ryzen Threadripper protsessorini ortda
qoldirmoqda.
O‘ta kuchli ko‘p qatorli yangi protsessorlar eng talabchan foydalanuvchilarni ham
qanoatlantirishi kerak. Masalan, 4K o‘lchamli o‘yinni o‘ynash barobarida o‘yin jarayonini
Twitch xizmati orqali bevosita HD formatda onlayn efirga jonli uzatishni xohlovchilar ham
undan bemalol ko‘ngli to‘ladi. Agar 18 yadro juda ortiqcha deb o‘ylasangiz, Core X 16 , Core X
14 va Core X 12 protsessorlaridan birini tanlashingiz mumkin. Yangi protsessorlar 10 yadroli
protsessorlar kabi 140 vattlik TDP (thermal design power yoki thermal design point)ga ega.
Yangi protsessorlar LGA 2066 soketi va X299 chipseti bilan jihozlangan Motherboard
platalariga mos keladi. Yangi Motherboard joriy yil iyun oyidan savdoga chiqariladi. Yangi soket
LGA 2011 o‘rnini egallaydi va stol kompyuterlar samaradorligini sezilarli oshirish imkonini
beradi. Barcha i9 protsessorlari 3,3 GGs chastotali bo‘lib, Intel Turbo Boost Max 3.0
texnologiyasi yordamida 4,3 GGs tezlikkacha ishlay oladi.
AMD protsessorining afzalliklari
Nisbatan past narx va narx / ishlash nisbati.
1.
Yuqori multiplatforma, ya'ni kompyuteringizni vaqti-vaqti bilan minimal harajat va
murakkablik bilan yangilash imkoniyati.
2.
Ko‘p vazifalilik, ya'ni bir vaqtning o‘zida ko‘plab ilovalar bilan ishlash imkoniyati.
3.
«Overclocking» imkoniyati, kamida 10-20% ga.