• Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar
  • Laboratoriya ishini mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-Topshiriq.
  • Laboratoriya ishi hisobotining tarkibi: 1.
  • Times New Roman
  • 13- labaratoriya ishi google drive (bulutli hotira)da sohaga oid amaliy vazifalar bilan ishlash. Ishning maqsadi




    Download 1,02 Mb.
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,02 Mb.
    #132931
    Bog'liq
    13-labaratoriya IAKT (2)


    13- LABARATORIYA ISHI


    GOOGLE DRIVE (BULUTLI HOTIRA)DA SOHAGA OID AMALIY VAZIFALAR BILAN ISHLASH.


    Ishning maqsadi: Bulutli xotirada sohaga oid amaliy vazifalarni “Google Таблицы”, “Google Документы” ilovalari bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.


    Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: kompyuter, Intenet, email-adres.


    Nazariy qism: Google Drive yoki bulutli xotira - bu turli hujjatlarni bir joyda saqlash va ularni osongina almashish imkonini beruvchi bepul xizmatdir. Google Drive birinchi navbatda turli xil fayllarni saqlashingiz mumkin bo‘lgan saqlash vositasidir. Google Drive-ga kirish va fayllarni ko‘rish uchun siz Internetga ulangan istalgan qurilmadan foydalanishingiz mumkin, shunchaki foydalanuvchi nomingiz va parolingizni eslab qoling.
    “Google Документы” - Word hujjatiga o‘xshaydi. U o‘xshash ko‘rinishga va funksionallikka ega. Hujjat matn bilan ishlash uchun qulay. Bir oz ijodkorlik bilan “Google Документы” almashish funksiyasi tufayli real vaqtda talaba bilan hamkorlik qilish platformasiga aylanishi mumkin.
    “Google Таблицы” funksionalligi jihatidan Excel jadvallariga oʻxshaydi. Bu funksionallik nafaqat moliyachilarga kerak. Jadvallar yordamida siz taraqqiyot jurnali, kundalik, jadval, mavzular ro‘yxati va shunga o‘xshash narsalarni yaratishingiz mumkin.


    Laboratoriya ishini mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:


    1-Topshiriq. “Google Таблицы” yordamida hodimlarning ish haqqini hisoblang.



    2-Topshiriq. Hisoblangan ish haqqini nomlab, kursdoshlariz bilan bo‘lishing.




    3-Topshiriq. “Google Таблицы”da hisoblangan jadvalni “Google Документы”ga hisobot tariqasida kiriting.


    Laboratoriya ishi hisobotining tarkibi:
    1. Ish stolida o‘z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching.
    2. Papka ichida – MS Wordda matnli hujjat “ism_laboratoriya_13” nomi bilan hujjat (hisobot) yarating.
    3. Hisobot titul varag’ini yarating. (namuna keltirilgan)
    4. Yaratilgan hujjatga talablar:
    -hisobotda laboratoriya mavzusi va bajarilgan ishlar ketma ketligi keltiriladi va yakunida bajarilgan ish bo‘yicha qisqacha xulosa yoziladi.
    -hisobotda tayyorlanadigan matn Times New Roman shriftida 14- o‘lchamida bo‘lishi kerak.
    -laboratoriya ishini qabul qiluvchi o‘qituvchini familiyasi va ismi aniq ko‘rsatilishi kerak.
    -talaba familiyasi , ismi, guruhi va yo’nalishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
    5.Hisobotni talaba o‘zini elektron pochtasiga (mail)ga saqlaydi. O‘qituvchi talab qilganda o‘qituvchi elektron pochtasiga yuboradi.
    Download 1,02 Mb.




    Download 1,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13- labaratoriya ishi google drive (bulutli hotira)da sohaga oid amaliy vazifalar bilan ishlash. Ishning maqsadi

    Download 1,02 Mb.