|
13-Amaliy mashg‘ulot Atrof-muhitga ta’sir etishni baholash. Qurilish maydonlarini demografik salohiyatini aniqlash
|
bet | 2/3 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 126 Kb. | | #244059 |
Bog'liq 13 amaliy mashg\'ulotTerritoriyaning sig‘imi, kishi, u sirt suvlari bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
D2 = Ye · K2 · 1000 / R , (2)
bu yerda Ye – hududga kirishda ochiq suv havzalariga sarflar yig‘indisi, m3/sut;
K2 – oqava suvlarni qo‘shilishi zaruratini hisobga oladigan koeffitsient, (janubiy oqimlar daryolari uchun K2 = 0,25, shimoliy oqimlar daryolari uchun K2 = 0,10 olinadi);
R – 1000 ta yashovchilarning me’yordagi suv bilan ta’minlanganligi (1000 dan 2000 m3/sutkagacha olinadi).
Territoriyaning sig‘imi, kishi, u yer osti suvlari bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
D3 = E · TR · 1000 / RS , (3)
bu yerda E – yer osti oqimi ekspluatatsion moduli, m3 (sut.ga);
RS – 1000 ta yashovchilarning suv ta’minoti maxsus me’yori (40 m3 /sutka olinadi).
Territoriyaning sig‘imi, kishi, u o‘rmonda dam olishni tashkil etish sharoitlari bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
D4 = TR ·L · 0,5 · 10 / (N2 · M1) , (4)
bu yerda L – hududning o‘rmonliligi, %;
0,5 – Rossiyaning o‘rta mintaqalari shaharlari yashil zonalarining zaruratini hisobga oladigan koeffitsient (boshqa hududlar uchun u sezilarli o‘zgarishi mumkin);
H2 – rekreatsion hududlarda 1000 ta yashovchilarning ehtiyojlari taxminiy me’yori (200ga olinadi);
M1 – o‘rmonda va suv bo‘yida dam oluvchilarning taqsimlanishini hisobga oladigan koeffitsient (mo‘tadil iqlimli hududlar uchun M1 = 0,3, issiq iqlimli hududlar uchun M1 = 0,1 olinadi).
Territoriyaning sig‘imi, kishi, u suv bo‘yida dam olishni tashkil etish sharoitlari bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
D5 = 2V·S·1000 / (0,5 · M2) , (5)
bu yerda V – cho‘milish uchun yaroqli ochiq suv havzalarining uzunligi, km;
S – cho‘milish joylarini tashkil etish imkoniyatini hisobga oladigan koeffitsient o‘rmon va o‘rmon-cho‘l zonali hududlar uchun S = 0,5, cho‘lli zonali hududlar uchun S = 0,3 olinadi;
0,5 – 1000ta yashovchilarning cho‘milish joylariga ehtiyojlari taxminiy me’yori, km;
M2 - o‘rmonda va suv bo‘yida dam oluvchilarning taqsimlanishini hisobga oladigan koeffitsient (mo‘tadil iqlimli hududlar uchun M2 = 0,1...0,15, issiq iqlimli hududlar uchun M2 = 0,3-0,4 olinadi).
|
| |