• 5. Avtotransport korxonasi xodimlari va tibbiy xizmat bo’limlarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari
  • E’tiboringiz uchun rahmat!!!
  • Avtotransport korxonasi harakat xavfsizligi xizmatining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari




    Download 61,38 Kb.
    bet3/3
    Sana16.05.2024
    Hajmi61,38 Kb.
    #237422
    1   2   3
    Bog'liq
    13-mavzu. AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

    4. Avtotransport korxonasi harakat xavfsizligi xizmatining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari
    Avtokorxona yo’l harakati xavfsizligi xizmati uning tuzilish bo’linmasi hisoblanib, korxona rahbariga bo’ysunadi va uning bevosita boshchiligida ishlaydi (13-rasm).
    Yo’l harakati xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi haydovchilar va korxonaning turli bo’lim xodimlari tomonidan avtokorxona rahbarining avtomobil transportida yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo’yicha buyruq va ko’rsatmalarining bajarilishini muntazam nazorat qilib borish hamda yo’l-transport hodisalarining oldini olish bo’yicha zarur tadbirlarni ishlab chiqib, uni tadbiq etishdir.
    Yo’l harakati xavfsizligi xizmati asosiy vazifalariga ko’ra quyidagilarni bajaradi:
    -korxonaning boshqa xizmatlari va jamoat tashkilotlari bilan birga yo’l-transport hodisasining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi, avtokorxona rahbari tasdiqlaydigan ish rejasini tuzadi;
    5. Avtotransport korxonasi xodimlari va tibbiy xizmat bo’limlarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari
    Korxonaning xodimlar bo’limi quyidagilarni bajarishi shart:
    -haydovchilarni ishga qabul qilishda haydovchi guvohnomasini berish va transport vositalarini boshqarishga ruxsat etish to’g’risida mavjud Nizomga qat’iy amal qilish, shuningdek, haydovchining ahloqiy va ishchanligi xususiyatlarini davlat avtomobil nazorati va avvalgi ish joyidan surishtirish;
    -haydovchilarning o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tishini nazorat qilish, belgilangan muddat tugashi bilan haydovchilarni navbatdagi tibbiy ko’rikdan o’tishga yuborish;
    -reys oldidan haydovchilarning tibbiy ko’rikdan o’tishini tashkil etish;
    -texnikaviy xizmati bilan birgalikda haydovchilar va ta’mirlovchi ishchilarning malakasini oshirish bo’yicha o’qishini tashkil etish;
    -harakat xavfsizligi xizmati bilan birgalikda haydovchilarga xavfsizlik asoslari va yo’l harakati qoidalari bo’yicha seminar mashg’ulotini tashkil etish;
    -harakat xavfsizligi xizmati bilan birgalikda «Avariyasiz ishlagani uchun» 3,2,1- darajali ko’krakka taqiladigan nishon bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjat tayyorlash.
    Haydovchilarni qatnovga chiqarishdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tkazish xo’jalik hisobi yoki maxsus mablag’lar hisobiga ta’minlanadigan, avtokorxona va depolarda tashkil qilinadigan poliklinika (tabobatxona) tarkibiga kiruvchi tarkibiy bo’linma maqomidagi sog’liqni saqlash maskani tibbiyot xodimlari tomonidan o’tkaziladi.
    Tibbiy ko’rik sog’liqni saqlash muassasasi bilan korxonalar o’rtasida tuzilgan belgilangan me’yorlardan tashqari, tibbiy yordam ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma asosida transport vositalari haydovchilarini profilaktik ko’rikdan o’tkazish nozirlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Nozirlar tayyorlanishi o’zaro faoliyatlarini belgilashga oid bitim bilan kelishiladi.
    O’rta tibbiy xodimlar va nozirlar haydovchilarning yo’nalishga chiqishdan oldingi sog’liqlarini tekshiradilar va sodir etilgan yo’l-transport hodisalari sabablaridan biri haydovchilar salomatligiga bog’liq holatlarini aniqlash va, ularni tahlil etishda ishtirok etadilar. Ular harakat xavfsizligi xizmati, tasarruf bo’limi va xodimlar bo’limining xodimlari bilan bevosita yaqin hamkorlikda ishlaydilar.

    E’tiboringiz uchun rahmat!!!


    Download 61,38 Kb.
    1   2   3




    Download 61,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtotransport korxonasi harakat xavfsizligi xizmatining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari

    Download 61,38 Kb.