|
Avtotransport korxonasi texnik xizmat bo’limining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 61,38 Kb. | | #237422 |
Bog'liq 13-mavzu. AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH2. Avtotransport korxonasi texnik xizmat bo’limining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari
Avtokorxonaning texnik xizmatiga Nizom bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari hisoblangan bosh muhandis rahbarlik qiladi.
Texnik xizmati quyidagilarni bajarishi talab etiladi:
-harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmatini ko’rsatish va joriy ta’mirlash jadvalini tuzish hamda uni muntazam va sifatli o’tkazish, yo’l harakati qoidalarining tegishli boblarida ko’rsatilgan nuqsonlarga ega bo’lgan transport vositalarini foydalanishga yo’l qo’ymaslik;
-avtotransport vositalarini yillik texnika ko’rigidan o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish jadvalini tasdiqlash;
-kapital ta’mirlashgacha normativ asosda yo’l yurgan avtomobillarni bundan keyin foydalanish uchun texnikaviy holatini aniqlash va bu haqda dalolatnoma tuzish;
-harakatdagi tarkibning texnikaviy nuqsonlariga ko’ra yo’ldan qaytib kelishini zudlik bilan tekshirib chiqish, buning sabablari, aybdor shaxslarni aniqlash va uni yo’qotish uchun tegishli tadbir belgilash;
3. Avtotransport korxonasi foydalanish bo’limining harakat
xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari
Korxonaning foydalanish xizmatiga direktorning foydalanish bo’yicha o’rinbosari boshchilik qiladi (12-rasm), bunday lavozim yo’q joyda foydalanish bo’limining boshlig’i rahbarlik qiladi. Foydalanish xizmati quyidagilarni bajarishi zarur:
- sharoitni aniq hisobga olgan holda avtomobillar ishini tashkil etish, harakat xavfsizligi xizmati bilan kelishib, avtomobillar harakati va yo’lga chiqish jadvalini tuzish. Harakat tezligi, yo’lovchilar oqimi va harakat tarkibini hamda haydovchilar ish tartibini belgilovchi boshqa ko’rsatkichlarni me’yorlash;
- avtomobillarning yo’lga chiqish va qaytish jadvalini tuzish, texnika xizmati bilan birgalikda transport vositalarini nazorat qilib, o’tkazish joyi tiqilib ketmasligini ko’zda tutish;
-shaharlararo qatnovda haydovchilarga harakat yo’nalishlaridagi dam olish, ovqatlanish, avtotransportga texnik xizmat ko’rsatish joylari va temir yo’lni kesib o’tadigan joylar, yo’llarning holati, ishning xususiyati va harakat xavfsizligini ta’minlashdagi ma’suliyatini tushuntirish;
|
| |