• Baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar quyidagi guruhlarga bo‘linadi
  • Ishlab chiqarish bilan bog‘liq
  • Ish bilan bog‘liq jarohatlar
  • Jarohatlar og‘irligi bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi
  • Toshkent davlat transport universiteti kafedra: texnosfera xavfsizligi fan: hayot faoliyati xavfsizligi 3-amaliy dars mavzu: Baxtsiz hodisa va dalolatnoma tuzish




    Download 3.02 Mb.
    bet1/3
    Sana06.11.2023
    Hajmi3.02 Mb.
    #94987
      1   2   3
    Bog'liq
    3-amaliy mashg\'ulot. Baxtsiz hodisa
    Doc1, Top 1000 Java Interview Questions Includes Spring, Hibernate, Microservices, ПУЭ-2011 на сост 2014 окт, 1-laboratoriya, 5. Algoritm tushunchasi va turlari. Chiziqli algoritm, 1-topshiriq, Документ Microsoft Word, 402-408, асилбек-корейс, 6IMoUpI8oFaNBnzEczKXi5YuvZGufOp2484ISodd, 63ed0704130b8 19 respublika ilmiy onlayn 10-TA, Kurs ishi bajardi S2-kt-21 guruh talabasi-fayllar.org, uch o\'lchamli modellashtirish oqitish materiallar to\'plami (2), n.xudayberganov sh.hasanov til va madaniyat

    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI KAFEDRA:TEXNOSFERA XAVFSIZLIGI FAN:HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 3-AMALIY DARS MAVZU:Baxtsiz hodisa va dalolatnoma tuzish

    • Assistent: Amirov M.U.
    • Ishdan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1997 yil 6 iyunda tasdiqlangan 286-qarori bilan «Ishlab chiqarishda baxtsiz va ishlovchilar sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi boshqa hodisalarni taftish qilish bo‘yicha nizomi» bilan tanishish hamda oddiy va og‘ir baxtsiz hodisalarni taftish qilish bo‘yicha malaka hosil qilish.
    • Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasbiy kasalliklarning sabablarini aniqlash muammosi mehnat muhofazasining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi, chunki jarohatlar va kasbiy kasalliklar odamga va jamiyatimizga katta ijtimoiy va iqtisodiy zarar keltiradi.

    Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari (keyingi o‘rinlarda — boshqaruv organlari) hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar barcha tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarda (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.

    • Mazkur Nizom:
    • ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
    • ish beruvchilarga;
    • pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
    • belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
    • tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;
    • agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga;
    • qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;
    • korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.
    • Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa —bu o‘z lavozim vazifalarini yoki ish beruvchining buyurgan ishini bajarish vaqtida ishlovchiga xavfli omilning ta’sir qilish voqeasidir. Baxtsiz hodisalar kasbiy kasallik yoki zaharlanish ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.
    • Kasbiy kasalliklar - ishlovchiga shu ish uchun xarakterli bo‘lgan zararli ishlab chiqarish omili, ayrim a’zolarning zo‘riqishi va og‘ir ishlarning organizmga salbiy ta’siri tufayli kelib chiqadigan kasalliklardir. Xususiy hol sifatida kasbiy zaharlanishni misol keltirish mumkin. Ular o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi.
    • Jarohat - tashqi ta’sir natijasida kishi to‘qimalari va a’zolarining shikastlanishidir.
    • Ish vazifasini bajarish vaqtida olingan jarohatlar ishlab chiqarish jarohatlari deb ataladi.
    • Ishlab chiqarish jarohatlari mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektrik, aralash turlariga bo‘linadi. Odam organizmiga rentgen, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning salbiy ta’sirlari ham bo‘lishi mumkin.
    • Baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    • tashkiliy;
    • texnik;
    • texnologik
    • sanitariya-gigienik;
    • psixofiziologik.
    • Jarohatlar kelib chiqishi bo‘yicha ishlab chiqarish bilan, ish bilan bog‘liq va maishiy turlarga bo‘linadi.
    • Ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlarga korxona hududida yoki undan tashqarida lavozim vazifasini bajarish vaqtida hamda korxona transportida ishga yoki ishdan ketayotganda sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar kiradi.
    • Ish bilan bog‘liq jarohatlarga esa, ishga jamoat transportida, shaxsiy transport vositasida yoki yayov ketayotgan hollarda hamda korxona hududida lavozim vazifasidan boshqa ishlarni bajarish hollarida yuz bergan baxtsiz hodisalar kiradi.
    • Ish bilan bog‘liq jarohatlar ixtiyoriy formadagi dalolatnoma yozib, ikkita guvohga imzo chektirish bilan rasmiylashtiriladi va vaqtinchalik ishga qobiliyatini yo‘qotganligi uchun ish stajidan qatiy nazar ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan 100% haq to‘lanali, lekin bu jarohatlar korxona iqtisodiy faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
    • Boshqacha aytganda, korxona bu jarohatlar uchun javob bermaydi. Bularga misol tariqasida alkogol yoki narkotik moddalar bilan mast bo‘lish, mehnat intizomini buzish, o‘z shaxsiy maqsadida ishlar qilayotganda va boshqa sh.o‘. hollarda jarohatlanish.
    • Jarohatlar og‘irligi bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi:
    • mikrojarohatlar, ish qobiliyatini yo‘qotmaydi;
    • mehnat qobiliyatini bir kundan ortiq muddatga yo‘qotish bilan bog‘liq jarohatlar;
    • og‘ir baxtsiz hodisalar (o‘lim bilan tugagan yoki bir guruh, ikki va undan ortiq odamlar bilan sodir bo‘lgan jarohatlar. Bu jarohatlar alohida taftish qilinadi).
    • Nizomga binoan ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan barcha baxtsiz hodisalar, og‘irligidan qatiy nazar, taftish qilinadi. Taftish qilishdan asosiy maqsad - baxtsiz hodisaning haqiqiy sababini aniqlash va shunga o‘xshash hodisalar qayta takrorlanmasligi uchun aniq tadbirlar ishlab chiqishdir.
    • Baxtsiz hodisalarni taftish qilish uch sutka davomida tugatilishi va N-1 formasida dalolatnoma yozilishi kerak va u korxonada 45 yil saqlanishi kerak.
    • Nizom korxonaga boshqa tashkilotdan vaqtincha ishlashga yuborilgan, ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan talaba va o‘quvchilar, guruhli va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni taftish qilishga alohida ahamiyat berilishi kerakligini ta’kidlaydi.

    Download 3.02 Mb.
      1   2   3




    Download 3.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti kafedra: texnosfera xavfsizligi fan: hayot faoliyati xavfsizligi 3-amaliy dars mavzu: Baxtsiz hodisa va dalolatnoma tuzish

    Download 3.02 Mb.