• Kalit soʼzlar
  • Аnnotatsiya Ushbu tezisda korxonalarni samarali rivojlantirishda aholini ish bilan band etish jarayonlari mamlaktni barqaror rivojlanish asosi boʼlib ushbu muommaga boʼlgan talablar sezilarli oʼzgarganligi




    Download 22.3 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.04.2024
    Hajmi22.3 Kb.
    #188474
    Bog'liq
    KORXONАLАRDА KORPORАTIV BOSHQАRUV
    Fizika (1), 10-sinf, 2 5417895240092619261.ru.uz, fizika kirish, 2 5390867805467845866, 67 Хакназаров Оловуддин академ писмо, Falsafa asoslari, Krassword, 16 mak, Biznes shartnomalari. Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tart, file (24), kichik biznes boshlashdagi muammolar, ESSE savollari SST-01-23 (1), Soliq (1)


    KORXONАLАRDА KORPORАTIV BOSHQАRUV USULINI
    SАMАRАLI OSHIRISH JАRАYONLАRI 
    Abdullayev Temurbek 
    Farg’ona Politexnika instituti 
    Аnnotatsiya 
    Ushbu tezisda korxonalarni samarali rivojlantirishda aholini 
    ish bilan band etish jarayonlari mamlaktni barqaror rivojlanish asosi 
    boʼlib ushbu muommaga boʼlgan talablar sezilarli oʼzgarganligi, har xil 
    faoliyat turlarini mehnat shartnomalari bilan qamrab olish sohasi 
    kengayganligi va ularning turlari soni ortishida yangi risklar 
    yuzaga keltirilganligi izohlangan. 
    Kalit soʼzlar: 
    korporativ boshqaruv, ish bilan bandlik, mehnat 
    bozori, menejerlar, korporativ madaniyat, strategiya. 
    Hozirgi kunda aholini ish bilan bandligi va mehnat bozoriga 
    bevosita taʼsir koʼrsatadi va avvalgi tushunchalar va anʼanaviy 
    kontseptsiyalarni shubha ostiga qoʼyadi. Ular koʼpincha ishga 
    joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi va ish beruvchilarga ham, 
    xodimlarga ham koʼproq moslashuvchanlikni taʼminlaydi. 
    Hamda korxonalarda korporativ boshqaruv usullari qaror topishining
    koʼrsatib oʼtilgan xususiyatlari, bir tomondan: Oʼzbekiston 


    Respublikasida oʼtish davrining asosiy yukini “oʼziga olgan"ligi 
    alohida roli bilan belgilanadi, bu yuk milliy iqtisodiyotni 
    qayta qurishning kardinal tuzilmasiga hamda ijtimoiy ishlab 
    chiqarishni tashkil qilishda anʼanaviy bogʼliqdir 
    Bundan tashqari, aktsiyadorlik jamiyatlarining rahbariyati 
    va menejerlari tomonidan biznesni korporativ boshqarish 
    boʼyicha ilgʼor xorijiy tajribani yetarli darajada oʼrganilmaganligi, 
    shuningdek mazkur muammo nazorati hamda korxona faoliyatini 
    boshqarish organlari tomonidan kompleks yondashuvning yoʼqligi 
    kooperatsiya 
    jarayonlariga salbiy taʼsir koʼrsatdi. Mazkur nazorat va boshqaruv 
    organlari aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarish jarayonlarini 
    realizatsiya qilishning oʼziga xos tomonlarini yetarlicha hisobga olmaydi. 
    Korxonalar ishlab chiqarish zanjirida texnologik taraqqiyot 
    tufayli odamlar faqat texnologik jarayon uzluksizligini 
    taʼminlash va avtomatlashtirilgan dasturlarni nazorat[2] 
    qilish uchun talab qilinyapti. Ishlab chiqarish zanjirida uzoq yillar 
    davomida ananaviy kasblardan yigʼuvchi chilangarlar, tokarlar, 
    payvadnchilar, montajchilar yoki oddiy ishchilarni i 
    zlash tobora koʼproq befoyda boʼlib bormoqda. Korxonani 
    rivojlantirishda menejerlar tashkilotda koʼp oʼlchamli va uzoq muddatli 
    kadrlar jarayonlarida uning barcha xodimlari yuqori darajada 
    javobgarligi va inson salohiyatining oʼzigaxosligi hisobiga 
    firma uchun raqobatli ustunliklarni [3]
    taʼminlaydigan «katalizator» rolini oʼynashi koʼzda tutilgan. 
    Raqobatli madaniyat masʼuliyat hissini yuzaga keltiradi, 


    odamlarning qobiliyatlari esa raqobatli ustunliklar yaratadi. Shu sababli 
    personal boʼyicha menejer ikkita strategik vazifani hal qilishi lozim: 
    1) korporativ madaniyatni boshqarish vositalaridan foydalangan 
    holda, xodimlarning javobgarlik darajasini oshirish 
    orqali kompaniyaning raqobatdosh ustunliklarini yaratish. Kuchli 
    korporativ madaniyat sizga xodimlarni jalb qilish va saqlab qolish
    kompaniyaning yuqori obroʼsini yaratish, yangi mijozlar va yuqori 
    malakali 
    ishchilarni jalb qilish imkonini beradi. Korporativ madaniyatni 
    yangilanishi va doimiy ravishda atrof-muhit sharoitlariga moslashishi 
    mehnat sharoitlari sifatini yaxshilashga, xodimlar va isteʼmolchilarga 
    fikr bildirishga qaratilgan. Seminar, forumlar, davra suhbatlari va 
    reklama kompaniyalari shu maqsadga xizmat qiladi. Xodimlarni 
    marketing 
    faoliyatiga jalb qilish ularning tashabbusi va kasbiy oʼzini oʼzi anglash 
    darajasiga yordam beradi; 
    2) xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga yordam beradigan 
    inson salohiyatini shakllantirish orqali kompaniyaning raqobatdosh 
    ustunliklarini taʼminlash. Korporativ madaniyat qanchalik jozibali 
    boʼlmasin, biroq, jahon bozorining talablari va tashkilotning salohiyati 
    oʼrtasidagi tafovut asosan korporatsiya xodimlarining kasbiy 
    mahoratini rivojlantirish tufayli bartaraf etilishi mumkin. 
    Xodimlarning insoniy qobiliyatlari, kasbiy mahoratini 
    rivojlantirish nafaqat xodimlarni boshqarish xizmatlari, balki
    menejerlar faoliyatining asosiy yoʼnalishiga aylanadi. 


    Bugungi kunda mamlakat darajadagi strategiyalarning derli 
    barchasi barqaror rivojlanish, fuqarolar farovonligini oshirish, 
    turmush sifatini yaxshilash va h.k. maqsadlarda ishla chiqiladi. Bunday 
    strategiyalar ishlab chiqish uchun eʼlon qilingan muammoli [4] asoslar 
    va taklif qilingan strategik 
    yechimlar hamda bu yechimlar va kutilayotgan natijalar oʼrtasida aniq va 
    oddiy mantiqiy bogʼliqlik topib boʼlmaydi. 
    Zamonaviy tashkilotlar faoliyatida [5] korporativ 
    boshqaruv rejalashtirishning oʼrni turli nazariyalar: 
    tizimlar, axborot va qaror qabul qilish nazariyalari kesimida koʼrib 
    chiqilishi zarur. Tizimlar nazariyasiga koʼra, tashkilot murakkab ochiq 
    tizim, yaʼni tashqi muhit bilan bogʼliq oʼzaro bogʼlangan va oʼzaro 
    aloqador 
    elementlar yigʼindisi sifatida koʼrib chiqiladi. Ushbu tizimda 
    rejalashtirish tashkilotni dinamik tashqi muhitning oʼzgaruvchan 
    sharoitlariga moslashtirshi asosiy mexanizmi sifatida namoyon boʼladi. 
    bunda unnig strukturasi ehtiyojlarini aks ettiradigan rejalar tizimi
    tashkilotni rejalashtirishning asosiy elementi sanaladi. 
    Xulosa qilib shuni aytishni mumkinki, korxonada 
    strategik rejalashtirishda maqsadlarni belgilash 
    bashorat qilish, dasturlash va loyihalash jarayonlarining 
    muvofiqligi, muvozanati, oʼzaro bogʼlanganligi, shuningdek tegishli 
    strategik rejalashtirish hujjatlarining (strategiya,
    bashoratlar, dasturlar/loyihalar va rejalar) oʼzaro bogʼliqligini 
    taʼminlaydi. Kelajakni maqsadli koʼrish strategik rejalashtirish uchun 


    ham asos, ham negiz, ham biriktirgichdir. Maqsadli nishon boʼlmagan 
    taqdirda, strategiya tuzilishi oʼzgarib ketadi, foydalanish uchun yaroqsiz 
    boʼlib qoladi va oʼz-oʼzini yoʼq qiladi. Shunday qilib, strategiyalar 
    maqsad 
    - mamlakat kelajagining tasvirini koʼrsatmasdan, erishish vositalarini
    batafsil tavsiflaydi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. https://asaxiy.uz/product/gulnora-abdurahmonova-inson resurslarini-
    boshqarish 
    2. . Аbdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va 
    amaliyot. Darslik.– T.: “Fan”, 2019 yil. - 590 b. 
    3. Tashpulatov А. Milliy iqtisodiyotda rekruting 
    xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish: Monografiya/ 
    А. Tashpulatov, 
    4. E. Moʼminova. - Fargʼona: Fargʼona, 2015. - 96 b.: tabl. 100 ekz. 
    5. Kovalev V.V. Upravlenie finansami.- M.: «Press», 2014 g. 44.BB 

    Download 22.3 Kb.




    Download 22.3 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аnnotatsiya Ushbu tezisda korxonalarni samarali rivojlantirishda aholini ish bilan band etish jarayonlari mamlaktni barqaror rivojlanish asosi boʼlib ushbu muommaga boʼlgan talablar sezilarli oʼzgarganligi

    Download 22.3 Kb.
    Pdf ko'rish