|
17- mavzu Yarimo‘tkazgich diodlar Reja Trigger ta’rifi Bistabil yacheykalar
|
bet | 1/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 211,5 Kb. | | #121112 |
Bog'liq 6IMoUpI8oFaNBnzEczKXi5YuvZGufOp2484ISodd - 17- mavzu
- Yarimo‘tkazgich diodlar
Reja - Trigger ta’rifi
- Bistabil yacheykalar
- Trigger turlari
- Registrlar
- Hisoblagichlar
REJA Taʼrifi va shartli belgisi - Yarimoʼtkazgich diod deb bir (yoki bir necha) elektr oʼtishlarga ega ikki elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar.
Yarimoʼtkazgichli diod VАXi - Yarimoʼtkazgich diodning toʼgʼri va teskari yoʼnalishlaridagi qarshiliklari bir – biridan keskin farq qiladi: toʼgʼri yoʼnalishda siljitilgan diodning qarshiligi qiymati kichik, teskari siljitilgan diodniki esa – katta boʼladi. Shu sababdan diod bir tomonga elektr tokini yaxshi oʼtkazadi, ikkinchi tomonga esa – yomon oʼtkazadi.
Diodni asosiy parametrlari - 1. Statik qarshilik
- [Ом] ;
- 2. Differentsial qarshilik
-
- [Ом] ;
- 3. Xarakteristika tikligi
- [А/В] .
REJA - Teskari kuchlanish maʼlum chegaraviy qiymatga UChEG yetganda, teskari tok keskin ortib ketadi, oʼtishning elektr teshilishi yuz beradi.
- Oʼtishning teshilish turlari ikki guruhga boʼlinadi: elektr va issiqlik.
- Elektr teshilishining ikki mexanizmi mavjud: koʼchkisimon va tunnel teshilish.
p-n oʼtish teshilish turlari - Koʼchkisimon teshilish nisbatan keng p-n oʼtishlarda sodir boʼladi. Bunday oʼtishda teskari kuchlanishda elektron va kovaklar zarba ionizatsiyasi uchun yetarli boʼlgan energiya oladilar va natijada qoʼshimcha elektron-kovak juftlar hosil boʼladi. Bu juftliklarning har bir tashkil etuvchisi, oʼz navbatida, elektr maydonida tezlashib, yana yangi juftlikni yuzaga keltiradi va x.z. Zaryad tashuvchilarning bunday koʼchkisimon koʼpayishi natijasida oʼtishdagi tok keskin ortadi.
- Tor p-n oʼtishga ega boʼlgan yarim oʼtkazgichlarda tunnel effektiga asoslangan tunnel teshilish sodir boʼladi. UTES UChEG yetganda zaryad tashuvchilarning bir sohadan ikkinchisiga energiya sarf qilmasdan oʼtishiga imkon yaratiladi (tunnelь effekti). UChEGning yanada ortishi bilan shuncha koʼp zaryad tashuvchilar tunnel oʼtishi sodir etadilar va teskari tok keskin ortib boradi.
- p-n oʼtishda issiqlik teshilishi teskari tok oʼtish natijasida oʼtishning qizishi hisobiga sodir boʼladi. Teskari tok, issiqlik toki boʼlib, u ortgan sari qizish ham ortadi. Bu holat tokning koʼchkisimon ortishiga olib keladi, natijada p-n oʼtishda issiqlik teshilishi yuz beradi va u ishdan chiqadi.
|
| |