|
17- mavzu Yarimo‘tkazgich diodlar Reja Trigger ta’rifi Bistabil yacheykalar
|
bet | 2/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 211,5 Kb. | | #121112 |
Bog'liq 6IMoUpI8oFaNBnzEczKXi5YuvZGufOp2484ISoddStabilitronlar - Stabilitron deb sxemalarda kuchlanish qiymatini barqaror (stabil) saqlab turuvchi yarimoʼtkazgich asbobga aytiladi. Stabilitron sifatida VАXida tok qiymati keskin oʼzgarganda kuchlanish deyarli oʼzgarmaydigan soha mavjud boʼlgan elektron asboblardan foydalaniladi. Bunday soha kremniyli yarimoʼtkazgich diod elektr teshilish rejimida ishlaganda kuzatiladi. Shuning uchun yarimoʼtkazgich stabilitron sifatida kremniyli diodlardan foydalaniladi.
Stabilitron shartli belgisi va VАXi Toʼgʼrilovchi diodlar - Toʼgʼrilovchi diodlar kuchlanish manbai oʼzgaruvchan kuchlanishini oʼzgarmasga oʼgirishda qoʼllaniladi. Toʼgʼrilovchi diodlarning asosiy xossasi – bir tomonlama oʼtkazuvchanlik boʼlib, uning mavjudligi toʼgʼrilash effekti bilan aniqlanadi.
- Toʼgʼrilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni boʼyicha sinflanadilar.
- Past chastotali toʼgʼrilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gts) oʼzgaruvchan tokni oʼzgarmasga oʼgirishda qoʼllaniladi. PCh diodlariga qoʼyiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega boʼlgan toʼgʼrilangan toklar olish. Toʼgʼrilovchi diodlar odatda 0,3 А gacha, 0,3 А dan 10А gacha va 10 А dan yuqori boʼlgan toʼgʼrilangan toklarga moʼljallangan kichik, oʼrta va katta quvvatli diodlarga boʼlinadi. PCh diodlari katta p-n oʼtish bilan xarakterlanadilar.
Toʼgʼrilovchi diodlar - Yuqori chastotali toʼgʼrilovchi diodlar (YuCh diodlar) oʼn va yuz megagerts chastotagacha boʼlgan signallarni nochiziqli elektr oʼzgartirishga moʼljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota oʼzgartirgich sxemalar va boshqalarda qoʼllaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inertsiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega boʼlgan nuqtaviy r-n oʼtishga ega va shu sababli ularning barьer sigʼimi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.
- Shottki toʼsigʼili (barьerili) diodlar kuchlanish manbai qayta ulagichlarida keng tarqalgan, chunki ular qayta ulanish ishchi chastotasini 100 kGts va undan yuqoriga orttirishga, radioelektron apparatura ogʼirligi, oʼlchamlarini kichraytirishga va kuchlanish manbai FIK oshirishga imkon yaratadilar. Shottki toʼsigʼi metallni yarim oʼtkazgich bilan kontakti natijasida hosil qilinadi. Yarim oʼtkazgich material sifatida koʼp hollarda n – turdagi kremniy, metall sifatida esa Al, Au, Mo va boshqalar qoʼllaniladi. Bu vaqtda metall chiqish ishi kremniy chiqish ishidan katta boʼlishi talab qilinadi. Bunday diodlarda diffuziya sigʼimi nolьga teng, barьer sigʼimi esa 1 pF dan oshmaydi.
|
| |