|
III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar
|
bet | 7/7 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 35,14 Kb. | | #104738 |
Bog'liq 13-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi. Ma`naviy-axloqiy tarbiya Reja-fayllar.orgIII. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish – jazo berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so’z aytish, tanbeh berish, urishib qo’yish. Maqtash – tarbiyalanuvchini uning o’ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko’rsatib gapirish, yaхshi qilib ko’rsatish. Taqdirlash – tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash – tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash – tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so’zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash – vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo’llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo’ya хatti-harakatlari uchun koyib, «yo’li»dan qaytarib turish. Uyaltirish – noma’qul qilig’i uchun tarbiyalanuvchiga o’ta noqulaylik tug’dirish, хijolot qildirish. Shavqlantirish – tarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g’oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko’tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday shart-sharoitlarni hisobga olish lozim?Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishning shakl, metod va vositalariga nimalar kiradi?
Vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda nimalarga alohida e’tibor qaratish zarur?Baynalmilallik tarbiyasining ahamiyatini izohlang.Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish komponentlariga izoh bering.
8. Axloq va ma’naviуatning o’zaro aloqadorligini asoslang.9. Ma’naviy-axloqiy tushunchalarga nimalar kiradi? 10 .Ma’naviy axloqiy tamoyillarga izoh bering.
11. Ma’naviy-axloqiy tarbiya deganda nima tushuniladi?
http://fayllar.org
|
| |