• Annotatsiya
  • Texnologiya darslarini tashkil etishning zamonaviy shakl, usul, vositalari




    Download 434.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana15.06.2023
    Hajmi434.76 Kb.
    #73117
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2. Texnologiya darslarini tashkil etishning zamonaviy shakl, usul, vositalari
    kurs ishi, 5-lekciya CifrlıinfXızmeti, Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni mal, 11 O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar, 10-ámeliy, 11-sinf-informatika-test-3(1), Sagidullaev Atabek Insan h Kompyuter, Web dasturlashga asoslangan amaliy tizimlar. Reja, 5-amaliyQoziboyeva, kompleks o\'zgaruvchili funksiyalar741558, 2-ILOVA, 16, 5-sinf Adabiyot 2023-2024 .docx 1


    DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE 
    International scientific-online conference
    27 
    TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY SHAKL, 
    USUL, VOSITALARI 
    Dilorom Sharifovna Yakibova 
    Termiz davlat universiteti 
    Boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi, 
    Termiz davlat universiteti, 190111, Termiz, O’zbekiston 
    Email: lola.yakibova68@gmail.com 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.5841970 
    Annotatsiya: Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida Texnologiya 
    darslarini tashkil etishda zamonaviy usullardan foydalanish keltirilgan. 
    Keltirilgan usullarni Texnologiya darslarida qo’llash o’quvchilarda kreativ 
    tasavvurlarini oshirish uchun xizmat qilishi nazariy asoslangan. Bir nechta 
    metodlar orqali darslarni sifatli tashkil etish nazariy asoslangan. 
     Kalit so’zlar: metodlar, o’yinlar, kreativlik, texnologiya darslari, zamonaviy 
    metodlar, o’qitish usullari, usulning maqsadi, kasbga yo’naltirish, tejamkorlik, 
    mehnatsevarlik. 
    KIRISH 
    Bolalarni yoshlik chog’idan boshlab tevarak-atrofdagi moddiy ne’matlarga, 
    buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishga, har qanday 
    moddiy ne’mat inson mehnatining mahsuli ekanligini va uni asrab-avaylashga 
    o’rgatib borish zarur. Bolaning jamoatchilik va shaxsiy buyumlarga bo’lgan 
    munosabati ilk yoshlik chog’idanoq oilada, oila a’zolarining shaxsiy va 
    jamoatchilik mulkiga bo’lgan munosabatidan boshlanadi. Albatta, yosh avlodda 
    tejamkorlik, ishbilarmonlik, uddaburonlik kabi sifatlarni shakllantirmasdan turib 
    barkamol shaxsni tarbiyalab bo’lmaydi. Chunki aynan shu sifatlarda bolaning 
    inson mehnati mahsuliga, jamoatchilik mulkiga to’g’ri munosabati, uni asrab-
    avaylash, boyitishga hissa qo’shish istagi yotadi. O’sib borayotgan yosh avlodda 
    bunday sifat va fazilatlarni shakllantirish ko’p jihatdan o’qituvchining kasbiy 
    tayyorgarligiga, pedagogik mahoratni qay darajada egallaganligiga bog’liqdir. 
    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi 
    asosida demokratik islohotlar yo’lini qat’iy davom ettiramiz mavzusida nutq 
    so’zladi:
    «Yosh avlodimizga – mening o’g’il-qizlarimga qarata aytmoqchiman: 
    tomirlarida buyuk bobolarimizning g’ayrat-shijoati jo’sh urib turgan aziz 
    farzandlarim, sizlar Yangi O’zbekistonni barpo etishda doimo oldingi safda 
    bo’lasizlar, deb ishonaman.[1]» – deb so’zladi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev. 
    Darhaqiqat, integratsiyaning asosini fanlararo aloqa tashkil etadi va 
    integratsiya g‘oyasida o‘z rivojlanishini topadi. Integratsion mazmundagi fanlarni 



    Download 434.76 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 434.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya darslarini tashkil etishning zamonaviy shakl, usul, vositalari

    Download 434.76 Kb.
    Pdf ko'rish