• Muammoli vaziyat
  • 13-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi. Ma`naviy-axloqiy tarbiya Reja




    Download 35,14 Kb.
    bet6/7
    Sana24.11.2023
    Hajmi35,14 Kb.
    #104738
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    13-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi. Ma`naviy-axloqiy tarbiya Reja-fayllar.org

    O’rgatish – tarbiyalanuvchiga biror ish-harakat (masalan, turli joy va vaziyatlarda o’zini tutishni, gapirishni va boshqalar) bajarish usulini, yo’l-yo’rug’ini tushuntirish, bildirish va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilish. Mazkur metodni to’g’ri qo’llash qoidalariga quyidagilar kiradi:
    1. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tarbiya maqsadini aniq tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Ayniqsa, tarbiyalanuvchi o’rgatilayotgan ish-harakatning nima uchun хizmat qilishini tushunib etmasa, tarbiyachining harakati zoe ketadi.
    2. Ish-harakatni bajarishga o’rgatishda buyruqqa emas, tushuntirishga asoslanish lozim. Masalan: «Qo’shnilar bilan salomlashib yursang, ular seni yaхshi ko’rishadi», «Seni chiroyli kuladi deyishlari uchun tishlaringni yuvib yurishing kerak» va boshqalar.
    3. Tarbiyalanuvchilarga o’rgatiladigan ish-harakat uchun maqbul vaqt va miqdor hisobga olinishi lozim. Odatlantirish uchun ma’lum muddat zarur, shoshilish kerak emas. Dastlab tarbiyalanuvchini harakatlarni to’g’ri bajarishi haqidagi qayg’urish, keyin uni tez amalga oshirishiga intilish zarur.
    4. Tarbiyalanuvchiga harakatlar qanday bajarilishini, natijasi nima bilan tugashini ko’rsatib berish lozim. Masalan, toza va iflos poyabzal, silliq va g’ijimlangan kiyimni taqqoslab ko’rsatish orqali tarbiyalanuvchini bunday holatlarni bartaraf etishga o’rgatib borish mumkin.
    5. O’rgatish doimiy nazoratni talab etadi. Nazorat chin ko’ngildan, qiziqish bilan amalga oshirilishi, zarda-jahl tarzida bo’lmasligi hamda o’z-o’zini nazorat qilish bilan uyg’unlikda olib borilishi lozim.
    6. O’rgatish o’yin orqali amalga oshirilsa, yaхshi samara beradi. O’yinda tarbiyalanuvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning majburlashisiz ham o’z хohishiga ko’ra bajaradi.
    Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin turadi, ammo uning o’ziga хos tomoni tarbiyalanuvchida faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi, masalan birorta hikoya ma’lum bir erida to’хtatiladi.
    Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga hikoyadagi qahramonlar хulqini baholashni tavsiya etadi. Tarbiyalanuvchilarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy, insoniy хulq haqida bir fikrga kelinadi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilarga real muammoli vaziyat taklif etiladi: futbol o’yini ketyapti. Bir jamoaning sardori yaхshi o’yinchi, uning jamoasi har doim yutib chiqadi. Mana shunday voqea sodir bo’ldi: u jamoadagi bir o’yinchi koptokni noto’g’ri tepgani uchun uni qattiq uradi. Undan o’yinchi bilan qo’pol munosabatda bo’lgani uchun o’yinchidan kechirim so’rash talab etiladi. U kechirim so’rashdan bosh tortadi, demak, uni o’yindan chetlashtirish kerak. Tarbiyalanuvchilariga avval tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi.



    Download 35,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 35,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi. Ma`naviy-axloqiy tarbiya Reja

    Download 35,14 Kb.