13-MAVZU: O`ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING
MA`NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI.
Reja:
1. Axborot almashinuvining milliy mental va, yosh, jins va hayotiy tajriba
hamda ijtimoiy xususiyatlai.
2. Davlat siri qonun bilan qo`riqlanadigan sirlar.
3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida media savodxonlik va axborot
madaniyatini himoyalanishi.
Axborot xavfsizligi nima?
Sizga taalluqli bo’lgan, begonalar bilmasligi kerak bo’lgan har qanday
shakldagi ma’lumotning xavfsiz saqlanishi axborot xavfsizligi deyiladi.
Axborot tushunchasi har qanday shakldagi ma’lumotni anglatishi mumkin.
Telefoningizdagi parol, pasportingizdagi ma’lumotlar, kompyuteringizdagi
xujjatlar, stolingiz tortmasida turgan maxfiy ish xujjatlari, qog’oz xat orqali va
messenjerlardagi yozishmalar, telefon so’zlashuvlari tarixi, har qanday ovozli
yozuv va video tasvirlar axborot shakllariga ba’zi misollar bo’lishi mumkin.
O’zingizga tegishli har qanday shaxsiy axborotni har doim xavfsiz saqlashingiz
kerak.
Axborot xavfsizligi: kecha va bugun.
Internet texnologiyalarining rivojlanishidan oldin axborotni saqlash nisbatan oson bo’lgan.
Boshqalar bilmasligi kerak bo’lgan qog’ozda yozuv shaklidagi, kassetada ovoz shaklidagi
yoki boshqa vosita va shakldagi ma’lumotni mustahkam seyfga solib qulflab qo’yishingizni
o’zi kifoya bo’lgan. Hukumat idoralari, banklar va boshqa maxfiy xujjatlar bilan ishlovchi
tashkilotlarda ham axborot xavfsizligi oson hal qilingan: «o’ta sirli» tamg’asi bilan xujjatni
seyfga tiqib, seyf turgan xona eshiklarini mustahkam qulflab, binoga bir nechta qorovul
tayinlash bilan axborot xavfsizligiga erishilgan. Hozir juda ko’p turdagi ma’lumotlar (agar
hammasi bo’lmasa) elektron shaklda internetga ulangan serverlarda saqlanmoqda. Ularning
qanchasi shaxsiy, qanchasi maxfiy ekanligi ahamiyatsiz. Muhimi – odamlarning real
hayotiga aloqador ma’lumotlar virtual tarmoqdan bitta parol yoki bitta elektron kalit
uzoqligida saqlanmoqda. Kimningdir shaxsiy ma’lumotini o’g’irlamoqchi bo’lgan, yoki
qaysidir idoraning sirli xujjatlarini ko’zdan kechirmoqchi bo’lganlar hozirgi kunda devor
oshishi, qaysidir eshikni buzib kirishi, bir nechta qorovulni dog’da qoldirishi, seyfni buzishi
shart emas. Internet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bugun shaxsiy ma’lumot ovchisi
hatto ma’lumotlar saqlanadigan serverga yaqin joyda turishi ham kerak emas.
|