Parol va tasdiqlash kodlari xavfsizligi
Internetda foydalanishingiz mumkin bo’lgan xizmatlarning deyarli barchasida shaxsiy
parolingiz bo’lishi talab etiladi. Bunda tizimlar sizni xavfsiz parol tanlashga majbur
qilishadi. Juda oddiy va xavfli bo’lgan parollarni ishlatishingizga shunchaki yo’l
qo’yilmaydi. Internetdan yaxshi xabardor foydalanuvchilar biladiki, kamida 8
ta belgidan
iborat bo’lgan, katta harf, belgi va raqamlar uyg’unligida tuzilgan parollar «xavfsiz» sifatida
baholanadi. Albatta, parolni bundan ham mustahkamroq qilib yaxshiroq axborot
xavfsizligiga erishishingiz mumkin. Internetda parol generatorlari ko’p.
Strong Password
Generator kabi xizmatlardan foydalanib ishonchli va mustahkam parol tanlashingiz mumkin.
Albatta, generatsiya qilingan parollarni eslab qolish juda qiyin. SHu sababli Google
Password Manager kabi parollarni saqlash/boshqarish tizimlaridan foydalanishingizni
tavsiya qilaman. Bunday xizmatlardan foydalanishda esa barcha tuxumlarni bitta savatda
saqlash xavfi ham paydo bo’ladi. Parol boshqaruv xizmatiga kiradigan parolni bilgan kishi
unda saqlanayotgan barcha parollarga egalik qilishi mumkin. Buning oldini olish esa ikki
qadamli tasdiqlash (2FV) vositalaridan foydalanish orqali bo’lishi mumkin.