SMS tasdiqlash kodlari
SMS tasdiqlash kodlari parollardan keyingi o’rinda eng muhim xavfsizlik
vositasi hisoblanadi. O’zbekistonda eng ko’p ishlatilayotgan va afsuski ko’plab
kishilarning bilimsizligi oqibatida eng ko’p muammo keltirib chiqarayotgan
SMS tasdiqlash bu to’lov tizimlaridagi pul o’tkazmalar bilan bog’liq SMS
tasdiqlash bo’lib turibdi. Internetdagi qasidir xizmat muhim ahamiyatga
(odatda pul yoki boshqa moddiy/jismoniy ta’sirga) ega bo’lgan harakatingizni
tasdiqlash uchun sizning telefon raqamingizga SMS kod yuboradi. SMS
xabarda ko’pincha «iltimos, bu kodni hech kimga bermang», mazmundagi
ko’rsatma bo’lishiga qaramasdan ba’zilar kodni uchinchi shaxslarga beradi va
kartasidan, hisobidan pul mablag’larini yo’qotadi. SHunday ekan, parollardan
tashqari SMS tasdiqlash kodlarini ham xavfsiz saqlash juda muhim!
Enkripsiya bilan bog’liq holatlar.
Ma’lumotlarni internet orqali uzatishda foydalaniladigan eng zamonaviy xavfsizlik
vositasi – enkripsiya. Bunda foydalanuvchi tomonidan yuborish uchun kiritilgan
ma’lumot foydalanuvchi qurilmasining o’zida enkripsiya qilinadi (inson
o’qishi/ko’rishi/eshitishi mumkin bo’lgan shakldan faqat mashina o’qiy olishi
mumkin bo’lgan shaklda o’tkaziladi). Enkripsiya qilingan ma’lumot tarmoqda
xavfsiz shaklda yetkazilib, qabul qiluvchi server yoki boshqa qurilmada qayta
shakllantiriladi (dekripsiya qilinadi). SHu tariqa ikki tomon ma’lumotni xavfsiz
shaklda bir-biriga uzatishi mumkin. Sizning axborot xavfsizligingizda kim bilandir
onlayn suhbatingizni uchinchi shaxslar bilmasligi juda muhim hisoblanadi. Saytlar
orqali ma’lumot almashganingizda brauzerning SSL sertifikat haqida ma’lumot
beruvchi qismiga e’tiborli bo’ling. Odatda zamonaviy brauzerlar enkripsiyasi yo’q,
SSL sertifikati eskirgan yoki mavjud bo’lmagan saytlardan foydalanuvchilarni yaxshi
ogohlantiradi.
Oddiy xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun telefoningizni doim bloklanishda saqlang,
begona kimsalarga telefoningizni ochiq holatda topshirmang, ish kompyuteringizda
bolalaringizning o’ynashiga yo’l qo’ymang, ish va shaxsiy masalalar uchun ishlatiladigan
Google akkauntlaringizni bitta qurilmada saqlamang (yoki ehtiyotkorlik bilan saqlang).
Yuqoridagilar axborot xavfsizligi bo’yicha juda qisqa va eng ko’p tarqalgan tavsiyalardan
ba’zilari edi. Internetda shaxsiy ma’lumotlaringizning saqlanishi va uzatilishiga e’tiborli
bo’ling. Harakatlantiruvchi vositasi bo’lgan ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat
qilayotgan jurnalistlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko’rsatishlari uchun
muhim huquqiy kafolatlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining bosh qomusi bo’lgan
Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining yangi tarixiy sharoitdagi huquqiy holati
aniq belgilab berildi. Uning 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va
qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar. senzuraga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi. Bu bilan hukumat, davlat boshqaruv
organlariga demokratiyaning muhim tayanchi bo’lgan OAVlari bilan hamisha hisoblashish
majburiyatini qonuniy belgilab qo’ydi.
OAVlari faoliyatining, shu jumladan, muayyan jurnalist faoliyatining asosida turadigan
huquqiy zamin keng ko’lamdadir. SHu bois bu qonunchilikni chegaralash va tartibga solish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ommaviy axborot vositalari faoliyati qonunchiligini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar
asosan uchga bo’linadi:
1.Xalqaro me’yorlar.
2.Konstitutsiyaviy me’yorlar.
3. Qonunlar va qonunosti me’yorlar.
Ana shu me’yorlarni axborot huquqi, ommaviy axborot erkinligiga nisbatan ko’rib
chiqadigan bo’lsak, Xalqaro huquqiy me’yorlari u Inson huquqlari Umumjahon
Deklaratsiyasi (IXUD)ning 19-moddasida ko’rsatilgan, ya’ni “har bir inson e’tiqod erkinligi
va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to’siqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish
erkinligini hamda axborot va Qoyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’iy
nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi”.
Davlat sirlari uch toifaga, ya’ni: davlat, harbiy va rasmiy sirlarga bo’linadi.
Davlatning mudofaa qobiliyati, xavfsizligi, iqtisodiy va siysiy manfaatlari
uchun boshqa og’ir oqibatlar keltirib chiqarish mumkin bo’lgan ma’lumotlar-
davlat siridir.
Davlat mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun oxir
oqibatlar keltirib chiqaradigan xarbiy xususiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar-
harbiy sirni tashkil etadi.
Davlatning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan fan, texnika,
ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar - xizmat siridir.
|