14.6. Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar. Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar
O‘tkazish qobiliyatini oshirish va turli trafiklarning signallarini uzatishni ta’minlash maqsadida to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasi bilan jihozlangan transport aloqa
tarmog‘ining regeneratsiyalash seksiyasini hisoblash asosida
loyihalashtirish masalalarini ko‘rib chiqamiz. Birinchi bosqichda tolaning 10 Gbit/s li o‘tkazish qobiliyati ta’minlanadi, keyingi bosqichlarda 40 Gbit/s va 80 Gbit/s gacha oshirish mumkin.
Uzatish muhiti sifatida XEI ning G.652 standartiga mos keluvchi, yotqizilgan bir modali optik kabelning bo‘sh juftligini ishlatish tavsiya etiladi.
Uzatish liniyasining tuzilishi – zanjirli, OQ-A va OQ-B orasidagi umumiy liniya uzunligi Ltr=390 km, OQ-A dan 190 km da sinxron raqamli ierarxiya apparati bilan ulanish uchun kirish/chiqishli oraliq punkt (KChOP) da ikkita STM-16 oqimini kiritish/chiqarishni ko‘zda tutish zarur
(LOQ A-KChOP=190 km).
Takomillashtirishning birinchi bosqichida uzatish texnologiyalarining quyidagi ketma-ketligi qo‘llaniladi: STM-WDM, ATM-STM-WDM, IP-ATM-STM-WDM va IP-STM-WDM. WDM texnologiyasi qo‘llanilganda trakt bo‘yicha sinxronizasiya talab etilmaydi. Uzatish liniyasini zahiralash SDH texnologiyasining tarmoq resurslari hisobiga ta’minlanadi.
4
Optik kanallarning soni va uzatish tezligini tanlash
Hisoblanayotgan regeneratsiyalash uchastkasining o‘tkazish qobiliyatining o‘sish dinamikasidan kelib chiqqan holda (10-40-80 Gbit/s), har biri 10 Gbit/s uzatish tezlikli (STM-64 ga mos keladi) 8 optik kanalli to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasini tanlash mumkin. Bunday yechim KChOP da STM-64 sathidagi multipleksorlarni va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimi apparaturasining o‘zida esa 4·2,5=10 Gbit/s optik multipleksorlarni qo‘llashni talab etadi. Bundan tashqari, yuqori tezlikli optik kanallar uzatish tizimining parametrlariga, jumladan yig‘indi dispersiyaga yuqori talablar qo‘yadi.
Shuning uchun Nok = 32 ta optik kanalga mo‘ljallangan apparaturani qo‘llash maqsadga muvofiq. Kanallar orasidagi chastota qadami ∆ = 100 GHz, har biri 2,5 Gbit/s tezlikli kanallar ketma-ket 4+12+16 kiritiladi. KChOP da 2 ta kanalga mo‘ljallangan kirish/chiqishli optik multipleksor o‘rnatilishi kerak, qolgan kanallarni u tranzit o‘tkazadi.
|