|
Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil qilish
|
bet | 6/8 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 90,5 Kb. | | #127266 |
Bog'liq 14-AMELIY3. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil qilish. Ishchilar, xizmatchilar va muxandis-texnik xodimlarning ko`pchiligi jalb etilgandagina korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yong`inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin. Buning uchun har bir ob'ektda yong`in-texnik komissiyasi tuziladi. Komissiyaga bosh muhandis, texnik rahbar yoki rahbarning birinchi o`rinbosari boshchilik qiladi, ularning vazifasi quyidagilardan iborat:
- yong`inni oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong`in chiqishiga olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish;
- ob'ektiv yong`inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o`tkazishda qatnashish;
- ishchi xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar o`rtasida yong`inning oldini olish tartibi hamda qoidalari bo`yicha ommaviy tushuntirish ishini olib borish.
Bu vazifalarni bajarish uchun yong`in texnik-komissiyasi ishlab chiqarish xonalari, elektr jihozlari, shamollatish, isitish tizimlari va shu kabilarni ko`zdan kechirib, qoida buzilishlarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi; ishlovchilar o`rtasida yong`inning oldini olish mavzularida suhbatlar, lektsiyalar o`tkazadi; ratsionalizatorlar hamda ixtirochilar uchun mavzular ishlab chiqishda qatnashadi; sexlar, bo`limlar, omborxonalar, laboratoriyalar va hokazolarning yong`inga qarshi holatini tekshirishga keng jamoatchilikni jalb etadi.
Ipakchilik sanoati korxonalaridagi yong`in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- har kun iyong`inning oldini olishni amalga oshirish;
- yong`in chiqishiga yo`l qo`ymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish;
- ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarga yong`inga qarshi kurash yuzasidan yo`l-yo`riqlar berish va ular bilan mashg`ulotlar o`tkazish;
- Hamma o`t o`chirish tizimlari va qurilmalari hamda yong`in, aloqa va signalizatsiya vositalarining holatini nazorat qilish;
-qo`riqlanayotgan ob'ektdagi yonayotgan narsalar va yong`inni o`chirish.
3. Ishlab chiqarishda yuz beradigan yong`inlarning kelib chiqish sabablarini ikki turga bo`lish mumkin.
1. Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan alanga manbaini chiqarib tashlab bo`lmaydigan va sexlarda yonuvchi yoki portlovchi moddalar yig`ilib qolgan holat. Masalan, pardozlash fabrikasida matoning tukini kuydirish jarayoni yuqori haroratda olib boriladi, ya'ni kuydiruvchi yuza cho`g`lanib turganda 100 mG`min tezlikda mato o`tkaziladi. Mashinaning harakat qismlaridan birortasi to`xtab qolsa yoki mato ozgina bo`lsa-da, to`planib qolsa, darhol alangalanib yong`in chiqishi mumkin.
2. Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan yonuvchi yoki portlovchi moddalarni chiqarib tashlab bo`lmaydigan va alanga manbaini qo`llashga yo`l qo`yilgan holat. Masalan, xomashyo va tayyor mahsulot omborlarida, titish-savash sexlarida paxta va matolar ko`p miqdorda to`planishi tabiiy. Lekin bu xonalarda ma'lum ehtiyot choralari ko`rilmasdan ochiq alanga manbai ishlatilsa yong`in chiqishi mumkin.
To`qimachilik korxonalari uchun xarakterli bo`lgan yong`inlarning sabablarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- texnologik jarayonning buzilishi;
- mashina va apparatlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilmasa;
- xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi;
- mashina va apparatlarning aspiratsiya hamda changli havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz ishlashi;
- elektr uskunalarining noto`g`ri o`rnatilganligi va noto`g`ri ishlatilishi;
- ishlab chiqarish sexlarida va korxona hududida o`tirgan changlarni tozalash ishlari qoniqarsiz tashkil etilishi;
-ishlab chiqarish sexlarida va korxona hovililarida alanga bilan bog`liq ishlarni noto`g`ri olib borish;
- o`t o`chirish va xabar berish vositalarining texnik jihatdan qoniqarsizligi;
- korxona ishchi va xizmatchilarining hamda ko`ngilli o`t o`chirish komandalarining tayyorligi qoniqarsiz ekanligi.
Korxonalarning yong`in xavfi bo`yicha tasnifi ularni loyihalash, rekonstruktsiya va ekspulatatsiya qilish jarayonarida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek o`tga chidamlilik darajasi qavatlar soni, binolar orasidagi masofalarni to`g`ri tanlash muhim rol o`ynaydi. Korxonaning yong`in xavfi bo`yicha toifasi, binosining o`tga chidamlilik darajasi va hajmiga qarab ichki hamda tashqi o`t o`chirish vodoprovod tizimiga kerakli suvning sarfini, isitish tizimi, ventilyatsiya va havoni mo`'tadillash, suv ta'minoti, yoritish, elektruskunalari va o`t o`chirish vositalari turlarini tanlash mumkin.
4. Yonish jarayoni to`xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzotermik zanjir reaktsiyasi tuzilishi kerak. Bu reaktsiyada to`xtashning fizik hamda kimyoviy usullari qo`llaniladi. Fizik usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod) konsentratsiyasini kamaytirish (ko`pincha yonmaydigan gazlar kontsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. Kimyoviy usullar yonish reaktsiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.
O`t o`chirish vositalari asosan uch guruhga bo`linadi:
1) yonishni tugatish usuli bo`yicha – sotuvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibirlashtiruvchi;
2) elektr o`tkazuvchanligi bo`yicha – elektr tokini o`tkazuvchi (suv, bug`, ko`pik), elektr tokini o`tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
3) zaharliligi bo`yich – zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko`pik, kukunli birikmalar).
Suv o`tni o`chirishda eng keng tarqalgan moddadir. O`zining quyidagi xususiyatlari tufayli o`tni o`chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig`imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning isiqligini yutib oladi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug`lanadi. Bug`lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalarni ho`llash xususiyati yong`inning tarqalmasligida katta rol o`ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 nG`m) bo`lganligi uchun yonayotgan moddlarning tirqish va teshiklariga tezda kirib ularni sovitadi.
|
| |