• Zarba to‘lqinlari
  • 14 – mavzu Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish. Reja




    Download 90,5 Kb.
    bet3/8
    Sana23.12.2023
    Hajmi90,5 Kb.
    #127266
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    14-AMELIY

    Portlash – bu qisqa vaqtning o‘zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi ңuvvatning ajralib chiqishidir.
    Portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosimda sodir bo‘ladi.
    Portlashlar asosan yong‘in va portlash xaifi bor tashkilotlarda sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanib, ularda ma’lum sharoitlarda portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi – saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlar kiradi.
    O‘zbekiston hududida gaz bilan ta’minlangan fuqarolarimizning uylarini nazarda tutmagan holda 500 dan ziyod portlash va yong‘in chiqish xavfi mavjud tashkilotlar bor.
    Portlashning zarar etkazuvchi omillari:
    - zarba mavji (zarba to‘lqanlari);
    - siniq parchalarning sochilishi.
    Bular birlamchi holatlar bo‘lsa, ikkilamchisi portlashlar, yong‘inlar, falokatlar, kimyoviy va radiatsion shikastlanishlar, keng tusda to‘gonlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir etilishi, binolarning qulashidir.
    Birlamchi shikastlanish omillari quyidagilardan iborat:
    Zarba to‘lqinlari yuqori bosimdagi portlashdan hosil tarqaladigan havo to‘lqini tarzidagi zarba mavji qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishiga va sochilishiga olib keladi.
    Siniq parcha – maydonlarda parchalangan buyumlarning siniq parchalari tashkil etadi (yaqin atrofdagi korxonalar anjomlarining, binolarning buzilishiga, parchalanishiga olib keladi.
    Portlash – suyuqliklarning, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o‘zi joylashgan hajmga sig‘may qolishi tufayli chiqishidir.
    Portlatuvchi omillar:
    - kimyoviy (portlovchi moddalar);
    - yadroli (yadroli qurollar);
    - mexanik uslubdagi (yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi – tarqatuvchi idishlarning yorilishi);
    - elektromagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni va b.);
    - tovushli va boshqa quvvatlar.
    Matbuotdagi Chop etilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz hududida yiliga 15 – 16 dan ziyod portlashlar sodir bo‘ladi, asosan portlashlar aholi yashaydigan xonadonlarda gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir bo‘ladi, bular xonadonlardagi portlashdar deyiladi. Bularning asosiy kelib chiqish sabablari gaz bilan ishlash tartib – qoidalariga rioya qilmaslikdir. Bu borada 1998 yil davomida fuqarolarimiz yashaydigan uylarda 50 dan ziyod portlashlar sodir bo‘lgan, oqibatda fuqarolar nobud bo‘lganlar, ko‘plab odamlar turli tan jarohatlari olishgan. Ularning ko‘pini yosh bolalar tashkil etayotganligi juda achinarli holdir.
    1998 yilda Shatlik – Xiva, Muborak – Zarbuloq yuqori bosimdagi gaz quvurlarida portlash sodir bo‘lib, ko‘plab fuqarolarimiz nobud bo‘lgan va tan jarohatlari olishgan.
    Yana bir fojia – bu 1989 yil q iyunida Boshqirdiston Respublikasidagi temir yo‘l yaqinida gaz quvurlarida gazning portlashi natijasida Novosibirsk – Adler, Adler – Novosibirsk yo‘nalishida ketayotgan poezdlar zarar ko‘rib, natijada qu vagonlarda yong‘in sodir bo‘lib 1284 yo‘lovchidan 680 nafari halok bo‘lganligi qayd etilgan.
    Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, yong‘in va portlashlar qo‘qqisdan sodir bo‘ladi va ko‘plab odamlarning o‘limiga yoki og‘ir tan jarohati olishlariga olib keladi. Barcha turdagi favqulodda vaziyatlar insonlar boshiga kulfatlar keltiradi Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 558 – son qarori bilan e’lon qilingan favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hamda «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»g iva «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining bosh shiori fuqarolarni muhofaza etishdir.
    Bu borada barcha rejalashtirilayotgan tadbirlarning eng asosiylarini q turga bo‘lish mumkin:
    - qonuniy;
    - tashkiliy;
    - muhandislik – texnik.

    Download 90,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 90,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 – mavzu Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish. Reja

    Download 90,5 Kb.