• II tur – tashkiliy
  • 14 – mavzu Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish. Reja




    Download 90,5 Kb.
    bet4/8
    Sana23.12.2023
    Hajmi90,5 Kb.
    #127266
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    14-AMELIY

    I tur – qonuniy – bu borada turli qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda olib boriladigan ishlar, binolarning loyihasini tuzishdan tortib, binoni qurib bitkazishda Qurilish me’yorlari va qoidalariga amal qilishdir, ulardan foydalanish davridagi qoida va tartibga amal qilish rejalaridir. (Yong‘in va portlash ehtimoli bor bo‘lgan tashkilotlar).
    II tur – tashkiliy – bu borada aholi va hududlarni, tashkilotlarni ogohlantirish tadbirlari rejasi, qolaversa favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda ularni bataraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzishdir.
    III tur – muhandislik – texnik ish rejalari – ishlab chiqarish jarayonlarida yong‘in – portlashlar bo‘lishi ehtimoli (xavfi) bor tashkilotlarda xavfli texnologiyalar o‘rniga boshqa xavf tug‘dirmaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilishdir.
    “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunning 11 va 12 – moddalarida bu turdagi ob’ektlarda ishlovchi xodimlarni, ular joylashgan hududga yaqin yashovchi aholi muhofazasi huquqiy tomondan kafolatlangani qayd etilgan.
    Har qanday vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar, ya’ni portlash va yong‘in tufayli zarar ko‘rgan muassasa, korxona va tashkilotlarni avvalgi ish faoliyati iziga solib yuborish chora – tadbirlarini ko‘rishdir.
    Yuqarida ko‘rsatilgan avariyalar sharoitida aholining xarakati va mehnat faoliyati: a) xabar berish, b) qutqarish, v) yordam.
    Transportning xohlagan turi inson salomatligi va hayoti uchun xavf tug‘diradi. Texnik taraqqiyot bir vaqtninng o‘zida xarakatlanish qulayligi va tezligi bilan birga anchagina katta darajadagi xavf-xatarni va yuzaga keltirdi transport avariyasinin turidan kelip shikibkuplap jaraxat kuyish jumladan inson haeti ushun xavf tugdiradigan shikastlarni olish ehtimoli movjud
    2. Yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlardagi avariyalar :
    Yong‘in - bu nazorat qilib bo‘lmaydigan hodisa bo‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir.
    Yong‘inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya’ni:
    - yonuvchan moddani (neft, qog‘oz, yog‘och va boshqalar);
    - havo harorati (issiqlik);
    - uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
    Xalq xo‘jaligida yong‘in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
    a) chekish paytida yong‘ingarchilikka ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong‘in umumiy yong‘inning 26 foizini tashkil qiladi;
    b) bolalarning o‘t bilan o‘ynashi - 14 %;
    v) elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida - 13,5 %;
    g) pechka va tutun quvurlarining noto‘g‘ri o‘rnatilishi oqibatida - 8,5 %;
    d) isitkich jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanishda - 8,3 %;
    e) elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5 %;
    y) payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizlik qoidalarining buzilishi-2,3 %;
    j) texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2 % ni tashkil etadi.
    Demak, yong‘inning birlamchi sabablari kichik yong‘in manbalari turtkilari bo‘lishi mumkin - bular sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o‘chirilmagan gugurt qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bo‘lishi mumkin.Yong‘in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo‘ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong‘indan paydo bo‘lgan o‘tkir zararli mahsulotlar; tutun; kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bo‘lishi; yong‘in bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi va boshqalar.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan nobud bo‘lganlarning 60 - 80 %i nafas olish yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo‘lar ekan.

    Download 90,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 90,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 – mavzu Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish. Reja

    Download 90,5 Kb.