• Yong‘in chiqish, portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar va halokatlar. Yong‘in
  • 2 – rasm. Yong‘inning kelib chiqish omillari
  • 14 – mavzu Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish. Reja




    Download 90,5 Kb.
    bet1/8
    Sana23.12.2023
    Hajmi90,5 Kb.
    #127266
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    14-AMELIY
    Kambinatorika2, 21, Matematika o\'qitish metodikasi, 8, #presentation , квадрат мат дет, Imitatsion modellashtirish tushunchasi, TEMIR VA BRONZA DAVRI, DAOOHLKuVWHzROBjjYZ1ffaBk5ti6DeJklSTvLfh, bolallar-pedagogikasi, 2-mustaqil ish kiberxavfsizlik, TARIX Shohrux Mamadiyev(4), Optika aloqa amaliy ish 1.chi, 15-AMELIY

    14 – mavzu
    Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish.
    Reja:

    1. Yong‘in va portlash bilan bog‘liq avariya va halokatlar.

    2. Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish.

    3. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil qiladi.

    4. Yong`inga qarshi kurash choralari.

    5. Dastlabki avtomatik o`t o`chirish choralari.

    Yong‘in chiqish, portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar va halokatlar.
    Yong‘in – bu nazorat qilib bo‘lmaydigan hodisa bo‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo‘q qiluvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favqulodda vaziyatdir.
    Yong‘inning kelib chiqishi uchun uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishining o‘zi kifoya. Ya’ni:
    - yonuvchan modda (neft, atseton, qog‘oz, yog‘och va boshq);
    - havo harorati (issiqlik);
    - uchqun – alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).

    2 – rasm. Yong‘inning kelib chiqish omillari

    Respublikamizda yong‘in va portlash xavfi bor ob’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ular aholi va hudud uchun xavf – xatarlar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda favqulodda vaziyatga aylanib ketishi mumkin.


    Yong‘in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:
    - yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
    - fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;
    - elektr simlarining nosozligi;
    - gaz, ko‘mir, o‘tin bilan isitiladigan vositalar;
    - bolalarning o‘t Bilan o‘ynashlari;
    - qasddan o‘t qo‘yishlar;
    - boshqa sabablar.
    Eng asosiysi shundaki, fuqarolarimizning o‘zlari yong‘in sabachisi bo‘lib qolishadi. Shu sababdan ham shiorimiz; «Yong‘inning oldini olmoq uni o‘chirishdan afzalroqdir».
    Yong‘inning tez keng tus olishi sabablari:
    1. Yong‘inning sodir bo‘lganligi omili;
    2. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda, yon – atrofning qizib ketishi.
    3. Yong‘inda yonayotgan jismlardan chiqayotgan tutun va zaharli moddalar.
    4. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda va tevarak – atroflarda havo haroratining o‘zgarishi.
    Bu yong‘inning birlamchi keng tus olish omillari bo‘lsa, ikkilamchisi:
    1. Yong‘in sodir bo‘lgan bino devorining qulab tushishi.
    2. Portlashlar sodir bo‘lishi.
    3. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi.
    4. Yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda nobud bo‘lganlarning 60 – 80% foizi nafas olish yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning etishmasligi oqibatida halok bo‘lar ekan.
    Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga bo‘linadi:
    - davlat tashkilotlari;
    - fuqarolarning yashash joylari.
    Yong‘in kengligi jihatidan uch turga bo‘linadi:
    - kichik hajmda;
    - o‘rta hajmda;
    - katta hajmda.
    Yong‘inning tez keng tarqab ktishining asosiy sabablari va uning chegaralari:
    - inshootlarning loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
    - inshootlar qurilishida Qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;
    - yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;
    - fuqarolarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushishlari;
    - bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;
    - yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi.
    Yong‘inning oldini olish chora – tadbirlari:
    - tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong‘in chiqishi va portlashlarga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;
    - qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish;
    - yong‘indan muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari bergan ko‘rsatmalarni bajarish, eng asosiysi yong‘inga olib keluvchi vaziyatlarni yuqorida eslatilgan Qonunning u, 12 va 1q – moddalarida belgilangan kuchlar tomonidan 1 – navbatda bartaraf etish bo‘yicha qilinadigan ishlarni bajarish;
    - muntazam tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;
    - yong‘ini bartaraf etish chora – tadbirlarini bilish, qolaversa yong‘inni o‘chirish uchun 1 – daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv etarli bo‘lishini, q – daqiqada esa bir sisterna suv ham etmay qolishi mumkinligini yodda saqlash;
    - muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora – tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o‘rganish.
    Shuni eslatib o‘tish joizki, yong‘in uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda duch kelishining oqibatidir. Shuning uchun ham yong‘inga qarshi kurashda uni bartaraf etishda quyidagilarga amal qilish lozim:
    - yong‘in keng tus olib ketmasligi uchun yonayotgan joyining tevarak – atrofini suv va boshqa qorishmalar hamda moddalar bilan sovitib yonishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
    - yonayotgan hududni ko‘pik, kukun, qum, qalin mato va havo o‘tkazmaydigan boshqa narsalar bilan yakkalab qo‘yish;
    - yon – atrofdagi barcha tez yonuvchi jihozlarga, inshootlarga maxsus ko‘pik – kukunli ishqorli suv sepish;
    - yonish reaksiyasini kimyoviy yo‘l bilan sekinlashtirish.
    Bunday holatlarda eng xavfli joylar – yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar va joylardir. O‘zbekiston hududida bunday tashkilot va omborlar soni 500 dan ziyodroq.
    Yonish va portlash xususiyatiga qarab xavflilik jihatidan ular 6 guruhga bo‘linadi: A, B, V, G, D, E.
    A guruhi – neft ishlab chiqaruvchi zavodalar, kimyoviy korxonalar, neft o‘tkazuvchi quvurlar, neft omborxonalari.
    B guruhi – ko‘mir kukuni, yog‘och qipig‘ini tayyorlovchi – jo‘natuvchi sexlar, un va unni qayta ishlab chiqarish kombinatlari.
    V guruhi – yog‘och, paxta va ularni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar, qog‘oz korxonasi.
    Respublikamizda ushbu guruh toifasiga kiruvchi ishlab chiqarish ob’ektlari ko‘pligini va ulardan ayrimlarini aholi yashash joylariga yaqin ekanliklarini e’tiborga olsak, favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora – tadbirlarini ishlab chiqish va tadbiq etish nihoyatda muhimligini ko‘rsatadi.
    O‘tga chidamliligi jihatidan qurilish inshootlari va binolar 5 turga bo‘linadi:

    Download 90,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 90,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 – mavzu Yong’in xavfsizligi asoslarini o’rganish. Reja

    Download 90,5 Kb.