14-amaliy ish Mavzu: gsm protokolining tahlili Ishdan maqsad




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.03.2024
Hajmi0.61 Mb.
#179709
  1   2   3
Bog'liq
Protecting Information Systems from DDoS Attack Using Multicore


14-amaliy ish 
Mavzu: GSM protokolining tahlili 
Ishdan maqsad: GSM protokolini tahlil qilishda bilim va ko‘nikmaga ega 
bo‘lish. 
Nazariy qism 
GSM (Global System for Mobile Communications) standarti European 
Telecommunications Standards Institute (ETSI) tashkiloti tomonidan raqamli mobil 
telefonlarning ikkinchi avlodi (second-generation (2G)) uchun ishlab chiqilgan 
protokol. 2014 yilga kelib ushbu standart, mobil aloqa uchun eng koʼp foydalanilgan 
global standart sanalib, butun dunyo bozorida 90 % ulushni tashkil etib, 219 ta davlat 
boʼylab xizmat koʼrsatmoqda. 2G texnologiyasi 1G analog texnologiyaning 
oʼzgarishidan kelib chiqqan boʼlib, hozirda uchunchi avlod (3G) UMTS standarti, 
toʼrtinchi avlod (4G) LTE Advanced standarti va beshinchi avlod (5G) New Radio 
ham amalda foydalanilmoqda. GSM arxitekturasi quyida rasmda keltirilgan. 
Mobil telefon
Asos stansiyalar
Tarmoq boshqaruvchisi
Foydalanuvchi,
Ma lumotlar bazasi,
Autentifikasiya markazi
Alamashtirish 
tizimlari
14.1-rasm. GSM arxitekturasi
GSM standartida quyidagi uchta xavfsizlik algoritmlari foydalanilgan: 

A3- autentifikatsiyalash algoritmi; 

А8 – kalit generatori algoritmi; 

А5/1 – maʼlumotni shifrlash algoritmi. 
GSM 
standartida 
foydalanuvchi 
dastlab 
identifikatsiyadan, 


autentifikatsiyadan oʼtkaziladi va soʼngra unga xizmat koʼrsatiladi. Foydalanuvchi 
SIM kartaga ega boʼlish jarayonida mobil tarmoq operatori (HLR) ham ushbu sim 
kartadagi maʼlumotlarni, Ki, IMSI raqami va hakozolarni oʼzida koʼchirib oladi va 
oʼzida saqlaydi. Ushbu parametrlar asosida autentifikatsiya va maxfiylik 
taʼminlanadi. 
GSM texnologiyasi yordamida ma’lumotlar uzatishni uchta asosiy imkoniyati 
mavjud: 

SMS 
(Short Message Service) qisqa habarlarni uzatish xizmati; 

GSM (Global System Mobile Telecommunication )- tovush ma’lumotlarini 
uzatish xizmati; 

GPRS (General Packet Radio Service) ma’lumotlarni paket ko‘rinishida 
uzatish xizmati. 
SMS xizmati mobil telefon foydalanuvchilari uchun ancha mashhurdir. 
Ma’lumotlar oddiy qisqa xabar ko‘rinishida uzatiladi. Bu xizmatning asosiy afzalligi 
shundaki, undan foydalanish juda qulay, narxi yetarlicha arzon, xabarlar osonlik 
bilan yetkaziladi. Kamchiligi sifatida xabarlarni tezda o‘z manziliga yetkaza 
olmaslik va xabarlar tarkibidagi belgilarning kamligi (maksimum 160 ta) ni 
ko‘rsatish mumkin. Bu kamchiliklar natijasida obyektlardagi hisoblagichlardan 
doimiy ravishda ma’lumotlarni kontsentratsiya qilish imkoni yo‘qqa chiqariladi. 
SMS xizmatini kunda bir marta hisoblagichlardan ma’lumotlarni o‘lishda qo‘llash 
samaralidir. Mazkur xizmat biz qarab chiqayotgan tizimda favqulodda obyektlarda 
nosozliklar yuzaga kelganda tashvishli xabarlarni uzatishda ishlatiladi. 
GSM tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatishning optimal varianti GPRS (General 
Packet Radio Service) texnologiyasining qo‘llanilishidir. Bu texnologiyaning asosiy 
xususiyati shundaki, abonentlar doimiy ravishda tarmoqqa virtual aloqa kanali orqali 
ulanishi mumkin. Abonentga ma’lumotlar paketini uzatish vaqtida real radiokanal 
taqdim etiladi, qolgan vaqt tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarning paketlarni 
uzatish uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib, abonent xuddi CSD va HSCSD rejimidagi 
kabi fizik kanalni doimiy band qilmaydi va buning natijasida butun aloqa qilsh vaqti 
uchun emas, balki faqat trafik uchun haq to‘lanadi. Natijada ma’lumotni har bir 


baytini uzatish narxi kamayadi. Shuning uchun GPRS texnologiyasi tizimni uzluksiz 
va kvazi uzluksiz monitoring qilish uchun optimal yo‘l hisoblanadi. GPRS 
texnologiyasi yordamida ma’lumotlarni almashish tezligining maksimal imkoniyati 
nazariy jihatdan 170 Kbit/s gacha bo‘lishi mumkin. 

Download 0.61 Mb.
  1   2   3




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-amaliy ish Mavzu: gsm protokolining tahlili Ishdan maqsad

Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish