|
14-Mavzu: Akkumulyator batareyalari, generatorlar va elektrostartyorlar. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #153489 |
Bog'liq Presentation 14
14-Mavzu: Akkumulyator batareyalari, generatorlar va elektrostartyorlar.
Reja:
- Akkumulyator batareyalari, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok generatorlari.
- Rele-rostlagichlar vazifasi, konstruksiyasi va ishlash printsipi.
- Elektrostartyorlar va ularning yuritmalari vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Akkumulator batareyasi
Akkumulator batareyasi dvigatelni startyor yordamida ishga tushirish uchun va generator ishlamaganda yoki uning quvvati yetarli bo‘lmaganda avtomobildagi barcha tok iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
Akkumulator elektr tokining kimyoviy manbai bo‘lib, u tashqaridan elektr toki berilganda kiyomviy energiyani yig‘ish (zaryadlanish) va uni elektr energiya ko‘rinishida tashqi iste’molchilarga uzatish (razryadlanish) qobiliyatiga ega bo‘lgan moslamadir.
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida startyor juda qisqa vaqt ichida katta miqdorda, 250 A dan 1000 A gacha tok iste’mol qiladi. Shuning uchun, avtomobillarga o‘rnatiladigan akkumulatorlarning ichki qarshiligi imkon boricha kichik, katta razrad toklariga chidamli bo‘lishi kerak. Avtomobillarda asosan qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar ishlatiladi.
SAE - Society of Automotive Engineers
DIN - Deutsches Institut für Normung
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator elementining elektr yurituvchi kuchi (EYUK) 2 V ga teng bo‘lib, 12 V kuchlanishga ega bo‘lgan akkumulator batareyasini hosil qilish uchun oltita akkumulator elementi ketma-ket ulanadi. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyator batareyalarining ichki qarshiligi kichik bo‘lganligi sababli, ularga startyor ulanganda akkumulatordagi kuchlanishning pasayishi nisbatan kam bo‘ladi.
Shuning uchun, qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlarning bir qator kamchiliklari bo‘lishiga qaramasdan (mexanik mustahkamligi uncha katta emas, xizmat muddati nisbatan kichik va hokazo) avtomobillarda juda keng ko‘lamda ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startyor rejimiga eng to‘la mos keladi.
|
| |