|
14-Mavzu: Akkumulyator batareyalari, generatorlar va elektrostartyorlar. Reja
|
bet | 2/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #153489 |
Bog'liq Presentation 141-korpus;
2-qopqoq;
3-«musbat» klemma;
4-«manfiy» klemma;
5-tiqin;
6-akkumulator plastinasi.
1
2
3
4
5
6
Akkumulyator batareyasi
Korpus olti ketma-ket ulangan bo‘limlardan tashkil topgan. Har bir bo‘lim bir-biridan to‘siqlar bilan ajratilgan. Akkumulator batareyasining qobig‘i yuqori plastik materiallardan tayyorlanadi. Qobiqning har bo‘limining pastki qismida musbat va manfiy plastinalar tayanadigan qovurg‘alar bo‘lib, ular akkumulator tubiga cho‘kmalar yig‘ilganda (faol massa to‘kilganda) plastinalarni qisqa tutashuvdan saqlaydi. Plastinalar asosi qo‘rg‘oshin panjara bo‘lib, uning quyilish xususiyatlarini yaxshilash, mexanik mustahkamligini va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida tarkibiga 7-8% surma qo‘shiladi. Qo‘rg‘oshin panjara oralariga faol massa to‘ldiriladi. Plastinalarga faol massa sifatida qo‘rg‘oshin surigi (Pb3,O4), qo‘rg‘oshin oksidi (PbO) va sulfat kislota (H2SO4) aralashmasi qoplanadi.
1
2
3
4
5
1- manfiy plastina o’zagi;
2- manfiy plastina (-);
3- separator;
4- musbat plastina o’zagi;
5- musbat plastina (+)
Akkumulyator batareyasi tuzilishi
Akkumulator batareyalari “xizmat ko‘rsatilmaydigan” va “kam xizmat ko‘rsatiladigan” holatda ishlab chiqarilmoqda.
Akkumulatorlar ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan tavsiflanadi:
- elektr sig‘im (RC ko’rsatkich);
b) razryad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich ).
Elektr sig‘im (RC ko‘rsatkich).
Akkumulator elektr sig’imi deb, akkumulyator eng kichik ruxsat etilgan kuchlanishgacha zaryadsizlanganda u bera olishi mumkin bo'lgan elektr miqdoriga aytiladi. Elektr sig‘im (RC ko‘rsatkich) deb, atrof muhit harorati 270C bo‘lganda to‘la zaradlangan akkumulyator batareyasi kuchlanishi 10,5V gacha pasayguncha zaryadsizlanganda u beradigan amper-soat (Ah) toki miqdoriga aytiladi.
|
| |