|
Razrad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich)
|
bet | 3/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #153489 |
Bog'liq Presentation 14 Razrad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich).
Bu ko‘rsatkich akkumulyator batareyasining atrof muhit harorati past bo‘lgandagi elektr sig‘imini tavsiflaydi. CCA ko‘rsatkich atrof muxit harorati -180C bo‘lganda akkumulyator batareyasi 30 sekund davomida qisqichlaridagi kuchlanishni 7,2V gacha pasayganda bergan maksimal tok kuchi bilan belgilanadi.
Sof kislotani ishlatish va saqlash o'ta xavfli bo'lganligi sababli, avtokorxonalarda odatda zichligi 1,4-1,6 kg/m3 ga teng bo’lgan kislotaning distillangan suvdagi eritmasi ishlatiladi va bu eritma yordamida zarur zichlikka ega bo'lgan elektrolit tayyorlanadi. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalari elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga hamma kislota, asos va tuzlar misol bo‘la oladi.
Jadvalda iqlim sharoitlari turlicha bo’lgan mintaqalar uchun to’la zaryadlangan akkumulyator elektrolitlarining zichligi keltirilgan.
Quruq zaryadlangan akkumulyatorlarga quyilayotgan elektrolit temperaturasi +30°C dan ortiq va +15°C dan past bo'lmasligi zarur. Elektrolitning zichligi O'rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yil davomida 1,25…l,27 103 kg/m3 oralig'idagi qiymatlarda bo’lishi tavsiya qilinadi.
Quruq zaryadlangan akkumulatorlarga elektrolit quyilgandan 2 soat keyin elektrolit zichligi tekshiriladi. Agar shu vaqt davomida elektrolit zichligining pasayishi 0,3·103 kg/m3 dan oshmasa, bu akkumulatorlar batareyasini to'g'ridan-to'g'ri ishlatish mumkin. Agar zichlikning pasayishi 0,3·103 kg/m3 dan ortiq bo'lsa, bunday akkumulatorlari ishga tushirishdan avval albatta zaryadlash va elektrolit zichligini belgilangan qiymatgacha yetkazish zarur.
Elektrolit zichligining 0,01g/sm3 ga kamayishi akkumulator batareyasining 6% zaradsizlanganligini ko'rsatadi.
Areometr
suv
kislota
Areometr (yunoncha “araios” – ingichka, suyuq, “metron” – o'lchov) – suyuqlik va qattiq jismlarning zichligini o'lchaydigan asbob.
Generator
Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo'lib, dvigatel o'rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste'molchilarni elektr toki bilan ta'minlaydi va akkumulyatorni zaryad qiladi
Avtomobil generatori quyidagi talablarga javob berishi kerak: tuzilishi sodda, chidamlilik va ishonchlilik darajasi yuqori, gabarit o'lchamlari, massasi, tannarxi kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past bo'lgan hollarda ham akkumulyatorlar batareyasini zaryad qilinishini ta'minlashi kerak.
Bu talablarga ko'p jihatdan o'zgaruvchan tok generatorlari javob beradi. Ularning tuzilishi sodda, gabarit o'lchamlari va massasi o'zgarmas tok generatorlariga nisbatan 2-3 marta kichik, chidamliligi va ishonchliligi yuqori. Ularda mis, o'zgarmas tok generatoriga nisbatan 2-2,5 baravar kam ishlatiladi. O'zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo'q, murakkab yakor chulg’ami o'rniga o'ralishi oson bo'lgan stator chulg’amlari ishlatiladi. Uyg’otish chulg’ami ham yaxlit bitta g’altakdan iborat.
O'zgaruvchan tok generatorlarida kollektorning yo'qligi hisobiga uning maksimal aylanishlar chastotasini 15000-18000 min-1 ga yetkazish, dvigatel bilan generator orasidagi qiyiq tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-3,0 gacha oshirish mumkin, natijada dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 60-70 % gacha quvvatini iste'molchilarga berish va akkumulyatorni zaryadlash imkoni yaratildi.
Rele-rostlagich
|
| |