|
14-Mavzu: Asosiy uzatma. Differentsial va yarim o`qlar. Reja
|
bet | 3/8 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #259430 |
Bog'liq 14-ma\'ruzaTSilindrik asosiy uzatma, dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda (Neksiya, Tiko, VAZ-2108) qo’llaniladi. Bunday uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy xisoblangan karterda joylashtiriladi (12.1-rasm). Uzatmaning yetakchi tishli g’ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi valining orqa uchiga maxkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit ishlanadi. Uzatmani shovqinsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ko’pincha g’ildiraklar qiya tishli bo’ladi va uning uzatish soni 3,5…4,2 oralig’ida tanlanadi. Juft g’ildirakning rovon ishlashi uchun yetakchi g’ildirakning tishlar soni o’ntadan kam olinmaydi. Aks holda ya’ni uzatishlar soni katta bo’lganda yetaklanuvchi tishli g’ildirakning o’lchamlari kattalashib, uzatma karteri bilan yo’l orasidagi masofa (yo’l tirqishi) kichiklashadi, ishlashida shovqin ortadi. TSilindrik juftlikning f.i.k. 0,98 dan kam emas.
Ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan markaziy qo’shaloq asosiy uzatmalar (12.2-rasm,a) katta va ayrim o’rta yuk avtomobillarida (ZIL-130, KamAZ-5320) qo’llaniladi. Bunday uzatmalar bir juft konussimon va bir juft tsilindrik tishli g’ildiraklardan tashkil topib, avtomobil yetakchi ko’prigining o’rta qismida karterga joylashtiriladi.
Ikki qismga ajratilgan asosiy uzatmalar (12.2-rasm,b) asosan katta yuk avtomobillarida ( MAZ, BelAZ ), shuningdek katta uzunlikka ega avtobuslarda (LAZ, Mersedes) shuningdek, ayrim yengil o’tag’on avtomobillarda (UAZ-469) qo’llaniladi. Asosiy uzatmani bunday ikki qismga, ya’ni markaziy 2 va g’ildirak 1 uzatmalarga bo’linishi yarim o’qlar bilan differentsialga tushadigan yuklarni kamaytiradi. CHunki yarim o’qlar va differentsialdan uzatiladigan burovchi momentning qiymati uzatmaning ko’prik o’rtasida joylashgan qismi, konussimon juftlikning 2 uzatish soniga yarasha oshiriladi xolos. Burovchi mometning qolgan qiymatini g’ildirak uzatmada 1 kattalashtirildi. Bundan tashqari ko’prikning o’rta qismidagi markaziy uzatma, faqat bir juft tishli g’ildiraklardan tashkil topganligi uchun, ixcham. Bu esa o’z navbatida ko’prik bilan yo’l orasidagi masofa N ni (klirens) kattalashtirib, avtomobilning yomon yo’llarda va yo’lsiz joylarda o’tuvchanligini oshiradi.
|
| |