Yarim o’qlarning turlari, o’rnatilishi, ularning sxemasi




Download 1,41 Mb.
bet8/8
Sana02.06.2024
Hajmi1,41 Mb.
#259430
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-ma\'ruza

6. Yarim o’qlarning turlari, o’rnatilishi, ularning sxemasi.
Yarim o’qlar burovchi momentni diffentsialdan yetakchi g’ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari har bir yarim o’q g’ildirakka ta’sir etuvchi kuchlar ta’sirida hosil bo’gan eguvchi moment ta’sirida bo’ladi (12.6-rasm).

12.6-rasm. Avtomobillarning yarim o’qlari

Eguvchi momentlar avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga ta’sir etadigan quyidagi kuchlardan hosil bo’ladi. (12.7-rasm)



12.6-rasm. Yarim o’qlarning orqa ko’prikda joylanish usullari
a – yarim yuksizlantrilgan, b – ¾ qismi yuksizlantirilgan,
v – to’la yuksizlantrilgan

1) Tik yo’nalishda g’ildirak markaziga yo’nalgan radial kuch – R (avtomobil og’irligini G dan hosil bo’lgan reaktsiya kuchi)


2) Avtomobilning yetakchi g’ildiraklari aytilganda hosil bo’gan tortuvchi kuch – R
3) Burilmadagi markazdan qochma va yo’lning qiyaligidan hosil bo’lgan yonaki kuchlar – S
Yarim o’qning tashqi uchidan podshipniklarini yetakchi ko’prikning yonchasiga joylashtirish usulini tanlash yo’li bilan podshipnikka ta’sir etuvchi eguvchi momentlarning ta’sirini to’la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. Har bir yarim o’qning ichki shlitsali konussimon shestrinya o’tkazilgan bo’lib u differensial qutisi ichiga joylangan. Yarim o’qning tashqi uchiga flyana qilingan bo’lib u shpilkalar yordamida g’ildirak cho’nchagiga mahkamlangan burovchi moment yarim o’qdan yetakchi g’ildirak cho’ntagiga podshipnik orqali yuboriladi.
Podshipniklarni o’rnatilishi usuliga qarab yarim o’qlar yarim yuksizlantrilgan 4/3 qismi yuksizlantrilgan va to’la yuksizlantrilgan bo’linadi.
Yarim o’qning tashqi uchida podshipnik yetakchi ko’prik g’ilofning yoniga joylashsa, bu yarim yuksizlantirilgan yarim o’q deb ataladi. Bu turdagi yarim o’qga – R, P va S kuchlarida hosil bo’lgan burovchi momentlar ta’sir qiladi.
Bu yarim o’qlar yengil va kam yuk ko’taruvchi yuk avtomobillarida qo’llaniladi.
Yarim o’qning tashqi uchi yetakchi g’ildirakning gupchasiga mahkamlanib gupchasiga o’zi esa ko’prik g’ilofining kerilgan yoniga podshipnikda o’rnatilgan bo’lsa, buni 4/3 qismi yuksizlantrilgan. yarim o’qlar deb ataladi (12.6 chizma, b). Bunda eguvchi momentning ko’p qismi podshipnik orqali g’ilofga o’tkazilib, oz qismi yarim o’qga ta’sir qiladi. Bu turdagi yarim o’qlar asosan yuqori sinfli yengil avtomobillarga o’rnatilgan. Yarim o’qning tashqi uchi yetakchi g’ildurakning gupchagi bilan tutashgan, gupchak esa yetakchi ko’prik g’ilofiga o’tqazilgan ikkita podshipnikda yotsa, to’la yuksizlantirilgan yarim o’q deb ataladi (12.6 chizma,v). Bunda barcha kuchlar yarim o’q g’ilofiga tarqatiladi.
Bu turdagi yarim o’qlar o’rta va katta yuk avtomobillari hamda avtobuslarda keng qo’llaniladi.

Nazorat savollari.


1. Asosiy uzatmani vazifasini ayting?
2. Asosiy uzatmani turlari, tuzilishini ayting?
3. Differentsialni vazifasi, turlari va tuzilishini ayting?
4. O’qlararo differentsialni tushuntiring?
5.Yarim o’qlarni vazifasi, turlari va ishlashini ayting?
Download 1,41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarim o’qlarning turlari, o’rnatilishi, ularning sxemasi

Download 1,41 Mb.