14-mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari. Reja




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#51433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtomatlashgan loyihalash tizimlari
Individual works, Grafik formatlar Kechgimas, Tarix darslarida asosiy tayanch tushuncha vatamalar bilan ishlash, Geografik kart ava atlaslardan foydalanish usullari, Imtihon, Ro’yxat, Stek va Navbat. Ro\'yxat-fayllar.org, Ma`ruza matni toshkent 2020 mundarija kirish, 14, 54112-70714, MMTF
SAE tizimlari (computer-aided engineering muhandislik hisob-kitoblarni 
loyihalash) keng qamrovli tizim bo’lib, ushbu tizimlarda aniq muhandislik 


hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik jarayonlarini 
analiz qilish va modellashtirish, gidravlik tizimlar va mashinalarni hisoblash 
ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi hisoblash ishlari olib 
boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan maxsulotning uch 
o’lchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana muhandislik tahlil 
tizimlari deb ham yuritiladi. 
Bugungi kunda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) asoslarini 
bilish va uning vositalarini qo’llay olish deyarli barcha muhandis ixtirochilardan 
talab etiladi. Kompyuter bilan barcha loyihalash tashkilotlari, konstruktorlik 
byurolari va ofislar jihozlangan bo’lib, konstruktorning oddiy kul’man stolida 
o’tirib loyihalashi, logarifmik lineyka bilan hisob-kitob ishlarini yuritishi, oddiy 
yozuv mashinkasida hisobot tayyorlashi bugungi kun uchun xos bo’lmagan 
qoloqlik deb qaraladi. ALTni qo’llamayotgan yoki qisman qo’llab kelayotgan 
tashkilotlar loyihalashga ketqazgan katta sarf-xarajat va ko’p vaqt yo’qotish, 
shuningdek sifatsiz loyiha evaziga raqobatsiz bo’lib inqirozga yuz tutishi 
muqarrardir. 
ALT deganda kompyuter va inson muloqoti asosida loyiha yaratish 
tushuniladi. Bunday jarayon avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Agarda jarayonni 
ma’lum bir qismi (etapi) to’liq kompyuter nazoratida bajarilsa unda 
avtomatlashgan jarayon hisoblanadi. Kompyutersiz loyihalash esa qo’lda 
loyihalash deb qaraladi. 
ALT xorijda CAD (computer aided design – kompyuter yordamida 
loyihalash), 
MDHda 
esa 
САПР 
(системы 
автоматизированного 
проектирования) deb yuritiladi. Shuni ham esda tutish kerak-ki ALT yoki САПР 
tushunchasi juda keng ma’noda ishlatiladi. Bunda faqat chizma loyihani tushunish 
xato bo’ladi. 
Dastlabki ALTning vujudga kelishi o’tgan asrning 60 yillariga borib 
taqaladi. 1955-1959 yillarda MTI (Massachusets texnologiya instituti)da Ross 
boshchiligida ART (Automatical program tool – avtomatlashgan dastgoh dasturi) 
dasturlash tizimi yaratilgan. ART chip o’rnatilgan dastgohlarda uskuna uzunligi 
(parametri) kodini tavsiflash asosida dasturlash imkonini berar edi. Keyichalik 
dasturlashda dastgoh uskunasi uzunligini kodlash emas, balki detalni o’zini 
tavsiflash asosiy mezon qilib olindi. Bugungi ALTdan farqli o’laroq o’shanda 
EHMning o’sib borayotgan imkoniyatlaridan ko’proq foydalanish muhim qaraldi – 
ya’ni dasturlash tili o’rganib borildi. CAD tushunchasini ilk bor Ayven Sazerlend 
kiritdi. Uning doktorlik dissertatsiyasi mashinaviy grafikaning nazariy asosi 
hisoblanadi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari- kompyuterda turli qurilmalar, 
mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir. 


Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari 
foydalanuvchilaming e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan 
foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda 
foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga 
chiqarish imkonini beradi. 
Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari 
ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng 
yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik 
loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi 
buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli 
AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio 
tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish 
imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan fayllar Microsoft Office 
dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi 
mumkin.
1-rasmda AutoCADning ish stoli tasvirlangan. Ish stoliga quyidagilar 
kiritilgan: 
• TUSHUVCHI MENYU QATORI -menyuning eng yuqori qatori;
ASBOBLAR PANELI -yuqorida, ish stolining o‘ng va chap tomonida. 
Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli:
1) «Standart asboblar» paneli;
2) «Obyekt xossasi» paneli;
3) «Chizish» paneli; 


4) «O‘zgartirish» paneli;
5) «O‘lchamlar» paneli;
6) «Obyektni bog‘lash» paneli. 

Download 0.54 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari. Reja

Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish