• Ta q r i z c h i l a r : Sh. Akbarov
  • T. B. Murodov, V. T. Isaqulov piltalash va piliklash texnologiyasi




    Download 9.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/62
    Sana19.02.2022
    Hajmi9.74 Mb.
    #17819
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    piltalash va piliklash texnologiyasi
    KURS ISHI YUZI, SHAXSIY HUJJATLARI, Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, Optoelektronika, JGFJG, 12-lab, b45a534d-f7fd-49d1-ae10-245346ce43b5, n8vDmPqyZTxN1fsoEJiqkzSp3bxnvACGcSODgTzI, 1. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish-hozir.org, 9-kl Inf 1-85 INFORMATIKA 9 kl qq, 1-маъруза РБТ, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus, dilshodbek


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAX-
    SUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    T.B. MURODOV, V.T. ISAQULOV
     
    PILTALASH VA PILIKLASH 
    TEXNOLOGIYASI
    Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
    TOSHKENT – «NISO POLIGRAF» – 2017


    UO‘K 
    638.271
    KBK 46.92
    P 42
    Ta q r i z c h i l a r :
    Sh. Akbarov – «O‘zbekengilsanoat» AJ bosh mutaxassisi,
    P.S. Sidiqov – «To‘qimachilik matolari texnologiyasi» 
    kafedrasi professori, t.f.n.
    Ushbu o‘quv qo‘llanmada piltalash va piliklash uskunalar 
    tizimi, qo‘shish jarayoni, pishitishning maqsadi va mohiyati, 
    zaruriyligi, jadalligi va samaradorliklari, piltalash va piliklash 
    jarayonlari, mashinalari, tasnifi, ularning tuzilishi, ishlashi, piltalash 
    va piliklashda ishlatiladigan yangi texnika va texnologiyalar hamda 
    ularning rivojlanish yo‘nalishlari batafsil yoritilgan. To‘qimachilik 
    sanoatida amalga oshirilayotgan texnologik o‘zgarishlar va ularning 
    istiqboldagi rivojlanishiga bog‘liq masalalar o‘quv qo‘llanmada o‘z 
    aksini topgan. 
    Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari talabalariga 
    mo‘ljallangan bo‘lib, «Piltalash va piliklash texnologiyasi» 
    fanining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Shuningdek, o‘quv 
    qo‘llanmadan korxonalarning kichik muhandis-texnik xodimlari, 
    magistrlar, kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari va malaka oshirish 
    fakultetining tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin. 
    ISBN 978-9943-4870-0-0
    © 
    T.B. Murodov va boshq., 2017
    © «NISO POLIGRAF», 2017


    3
    KIRISH
    O‘zbekiston To‘qimachilik va yengil sanoatining asosiy 
    vazifalari – bu ichki va tashqi bozorni sifatli iste’mol tovarlari 
    bilan ta’minlash, jahon bozorida rivojlangan davlatlar mahsulotlari 
    talablari bo‘yicha raqobat qila oladigan darajaga erishish uchun 
    yangi assortimentlar yaratishni kengaytirish, mahsulot sifatini 
    ta’minlash, yaxshilash va boshqarish tizimlarini keng qo‘llash, 
    eksport imkoniyatlarini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar 
    hisoblanadi. 
    Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifat 
    o‘zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir. Yurtimizda qabul 
    qilingan 2017–2021-yillarda sanoatni ustuvor darajada 
    rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
    texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil 
    amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha 
    qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan 
    to‘qimachilik mahsulotlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. 
    Mamlakatimiz hududida yetishtirilayotgan paxta tolasini xom 
    ashyo sifatida emas, balki ip-kalava, to‘quv trikotaj va tayyor 
    mahsulot sifatida chet ellarga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
    Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2016-yilda 9,4 foiz, 
    shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, 
    nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o‘sdi. 
    Inflatsiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni tashkil etdi. 
    Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.
    O‘tgan 2017-yilda 500 dan ziyod yangi korxona, birinchi 
    navbatda, kichik biznes subyektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. 
    Tashqi savdo balansidagi ijobiy saldo 180 million dollarni tashkil 


    4
    qildi, mamlakatimizning oltin-valyuta zaxiralari 1 milliard 600 
    million dollarga ko‘paydi».
    Mahsulotning sifatini yaxshilash va ularning assortimentla rini 
    kengaytirish maqsadida bashoratlash hozirgi bozor iqtisodiyo-
    tining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    «Piltalash va piliklash texnologiyasi» fanining vazifalari 
    quyidagilardan iborat:
    – Mahsulotning chiziqli zichligi haqida tushuncha. Ip va 
    pilikning pishitilishi. Ipning pishiqligi va cho‘ziluvchanligi.
    – Cho‘zish jarayonining maqsad va mohiyati. Cho‘zish 
    usullari. Cho‘zish jarayonida tolalar harakati. 
    – Qo‘shish jarayonining maqsadi va mohiyati. Mahsulotni 
    cho‘zishga tayyorlash. Cho‘zish asbobi detallarini tayyorlash 
    aniqligini oshirish.
    – Piltalash mashinalarining turlari. Piltalash mashinalarining 
    ishchi organlari.
    – Piltalash mashinalarining ta’minlash qurilmasining ishlash 
    jarayoni. 
    – Piltalash mashinasining cho‘zish jarayoni. Pilta taxlagichlar.
    Cho‘zish asboblari. Avtomatik rostlagichlar. Piltalash mashina-
    sining unumdorligi.
    – Piliklashning maqsadi va mohiyati. Piliklash mashinalarining 
    turlari. Piliklash mashinasi ishchi organlari. Ta’minlash 
    qurilmalariga qo‘yiladigan talablar.
    – Pilikni pishitish jarayonining maqsadi va mohiyati. Pishitish 
    qurilmasining tuzilishi va ishlashi. Pishitish darajasi.
    – Pilikni o‘rashda qo‘yiladigan talablar. Piliklash mashinasining 
    o‘rash mexanizmi.
    – Tolali chiqindilar va ularni qayta ishlash. Piliklash 
    mashinasining boshqarish mexanizmi va mashinaning unumdorligi.
    Keyingi paytlarda iste’molchilarning to‘qimachilik buyumlariga 
    bo‘lgan talabi kundan kunga ortib bormoqda. Chunki, hozirgi 
    paytda respublikamizning ichki bozorlari xorijdan keltirilayotgan 


    5
    sifatli mahsulotlar bilan to‘lgan. Bizning asosiy maqsadimiz ichki 
    bozorlarimizni o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli kiyim-
    kechaklar bilan to‘ldirish hamda Respublikamiz eksport salohiyatini 
    oshirishdan iboratdir. Demak, to‘qimachilik mahsulotlari dunyo va 
    ichki bozorlarda raqobatlasha oladigan bo‘lishi kerak.
    2017–2019-yillarda respublikada yengil sanoatni rivojlantirish 
    dasturiga asosan 132 ta investitsion loyiha amalga oshirilishi 
    ko‘zda tutilgan. Dasturning umumiy investitsion qiymati 2,2 
    mlrd. dollarni tashkil etadi. Loyihalardan biri hisoblangan 9 ta 
    to‘qimachilik korxonasi Namangan (3 ta loyiha), Surxondaryo (2 
    ta loyiha), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, 
    Xorazm (1 ta loyihadan) viloyatlarida ishga tushirildi. Hozirda 
    «O‘zbekengilsanoat» AJ tarkibiga 450 dan ziyod to‘qimachilik, 
    tikuv trikotaj korxonasi kiradi. Shularning 30 foizdan ko‘prog‘i 
    xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi.O‘zbekistonda 
    to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning barqaror o‘sish 
    hajmi ta’minlanmoqda, jumladan, yillik ip-kalava ishlab chiqarish 
    hajmi 590 tonnadan ortiq, ip gazlama ishlab chiqarish 485 mln.kv.m, 
    trikotaj matolar 103 mil. tonna, tayyor mahsulotlar 660 mln. dona 
    va paypoq mahsulotlari 132 mln. juftni tashkil etadi. Tashqi bozorga 
    xaridorgir tayyor mahsulotlarni olib chiqish maqsadida so‘nggi 
    to‘qimachilik xomashyosi (sintetik iplar va aralash gazlamalar) 
    aralashtirilgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar Buxoro
    Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona 
    viloyatlarida amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari, umumiy qiymati 
    600 mln. dollardan ziyodni tashkil etadigan 58 dan ortiq qo‘shimcha 
    loyihalar ham mavjud. Qishloq joylarida va respublikaning ish 
    o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shimcha 27 mingta 
    yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.
    Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari nafaqat mahsulotning 
    barcha ko‘rinishdagi xossalari darajasiga yoki ularni aniq 
    o‘lchamiga tegishli bo‘libgina qolmay, balki bu xossalariga 
    ko‘ra bo‘lgan talab darajasiga ham bog‘liqdir. Eng muhimi, 


    6
    sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tanlash va yetarlicha asoslash 
    natijasida, mahsulotning ishlatilishi bo‘yicha undan maqsadli 
    foydalanishni ta’minlaydi.

    Download 9.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 9.74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    T. B. Murodov, V. T. Isaqulov piltalash va piliklash texnologiyasi

    Download 9.74 Mb.
    Pdf ko'rish