• ISO 9000 seriyasidagi standartlar
  • Nazorat savollari
  • Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar




    Download 26.02 Kb.
    bet4/4
    Sana18.04.2023
    Hajmi26.02 Kb.
    #52240
    1   2   3   4
    Bog'liq
    14-maruza
    10 синф 2 Назорат Иши 1 чорак учун, 1 laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik , kurs ishi tayyor, CHIZIQLI ALGEBRA MISOLLAR, 1 -Mustaqil ish, 2-amaliy ish, 4-ma\'ruza, Lotin tili orginal, 1 amaliy mashg'ulot, my town Gulistan 2, 12-mavzu PPA, Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari, 10 TA KASHFIYOT, kasbiy faoliyat
    Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar.
    Qator davlatlarda sifatni boshqarish bo’yicha milliy standartlar 70-yillardan beri mavjud. Ular birinchi navbatda aviatsiya, kosmonavtika, ҳarbiy texnikani ishlab chiqarish kabi muҳim tarmoqlarida loyiҳalashtirish va ishlab chiqarish bosqichlarida sifatni tahminlash maqsadida ishlab chiqildi va qo’llanildi.
    Standartlashtirish va sifatni tahminlash sitemasini qo’llash soҳasidagi milliy tajribaga asoslanib ISO/TK-176. 1987 yil ISO 9000 seriyasidagi birinchi 5 ta standartni ishlab chiqdi. SHu bilan bir qatorda sifatni tahminlash soҳasi MS ISO 8402 dagi tushunchalar va ularni tahrifi bo’yicha lug’at tayyorlandi.
    ISO 9000 seriyasidagi standartlar:
    ISO 9000 «Sifatni umumiy boshqarish va sifatni tahminlashda
    standart tanlash va qo’llash bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalari»
    ISO 9001 «Sifat sistemasi. Loyiҳalash, ishlab chiqarishga
    tayyorlash, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni tahminlash modeli»
    ISO 9002 «Sifat sistemasi. Ishlab chiqarish va montaj qilishda
    sifatni tahminlash modeli»
    ISO 9003 «Sifat sistemasi. Yakuniy nazorat va sinov jarayonlarida sifatni tahminlash modeli»
    ISO 9004 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat sistemasining elementlari. Boshqaruv ko’rsatmalari».
    1994 yil ISO/TK 176 ISO 9000 seriyasidagi standartlarni qayta ko’rib chiqishni yakunladi.
    Standartlarni qayta ko’rib chiqishda ishchi guruҳlar bozor talablariga muvofiq ҳolda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yadilar:

    • Standartlarda ularni qo’llashning ilg’or amaliy tajribalarini aks ettirishni tahminlash;

    • Standartlarning muvofiqligi va stabilligini tahminlash;

    • Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday maxsulotishlab chiqarilishidan qathiy nazar kompaniyalar tomonidan standartlarning qo’llanishiga imkon berish.

    ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o’zgarishlar kiritildi. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari qayta ko’rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq o’zgarishlar kiritildi. Masalan, «Sifat ҳalqasi» tushunchasi «Maxsulotҳayot tsiklining tipik bosqichlari» tushunchasi bilan almashtirilib, «Texnikaviy yordam va xizmat ko’rsatish» bosqichidan keyin qo’shimcha sotilgandan keyingi faoliyat» qo’shildi. Ҳozir oltinchi bo’lim «Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari» deb ataladi va moliyaviy mahlumotlar elementlarini namoyon qilish va taҳlil qilish uchun mahlumotlar to’plashning turli usullari qisqacha tavsifi bilan to’ldirilgan.
    ISO 9000 seriyasidagi to’ldirilgan standartlar 1994 yil iyulida nashr qilindi. Ҳozirgi kunda bu standartlar rus tiliga o’girilgan.


    Nazorat savollari:

    1. Detallarni nazorat qilish usullari nimalardan iborat?

    2. Maxsulot sifatining nazorati qanday olib boriladi?

    3. Standart turlar belgilanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

    4. GOST qanday atama?

    5. Qanday xalqaro standartlarni bilasiz?

    Download 26.02 Kb.
    1   2   3   4




    Download 26.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar

    Download 26.02 Kb.