JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–24_Issue-1_March_2023
143
IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O’RNI
Uzakov Utkir Abdusattarovich
Mustaqil izlanuvchi
Kalit so’zlar:
iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, biznes, bank, buxgalteriya,
sug’urta, dasturiy mahsulotlar, shartnomalar.
Annotatsiya:
Ushbu tezis iqtisodiyotda axborot texnologiyalarning o’rni, uning
tez sur’atlarda o’sib-rivojlanib borishi, imkoniyat hamda qulayliklaridan samarali va
keng
foydalanish, shuningdek ish va vaqt unimdorligiga erishish, insonlarning
ehtiyojlarini
qondirish,
axborot
texnologiyalarning
jamiyatdagi,
xususan
iqtisodiyotdagi effiktivligi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
This thesis is about the role of information technologies in the economy, its rapid
growth, effective and wide use of its
opportunities and conveniences, as well as
achieving work and time productivity, meeting people's needs, and the effectiveness of
information technologies in society, in particular, suggestions
and recommendations
have been developed regarding its effectiveness in the economy.
В данном тезисе разработаны советы и предложения о роли
информационных технологий в экономике, её темпе росте, по эффективному и
широкому использованию её возможностей и удобств, а также по достижению
производительности труда и времени, об удовлетворении потребностей людей и
эффективности информационных технологий в жизни общества, в частности
экономики.
Eng avvalo axborot texlogiyalariga o’ziga ta’rif berib o’tsak.
Axborot
texnologiyalari-
maʼlumotlarni
boshqarish va qayta ishlash
texnologiyalaridir
. [1.1]
Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalariga kirib borib,
uning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, hozirgi kundagi zamonaviy axborot
texnologiyalarining iqtisodiy sohalariga kirib kelishi,
xususan bank, moliya,
buxgalteriya, sug’urta va iqtisodiyotning boshqa ko’plab sohalarida ishlash jarayonini
yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish imkonini bermoqda. Bu bilan ishlash
jarayoni tezlashib, qulaylashib, vaqt va mablag’ tejalib, yanada sifatli bo’lib bormoqda.
Borgan sari iqtisodiy sohada turli xil dasturiy mahsulotlar (dasturlar) ko’payib,
bajaradigan ishlarimiz soddalashib, osonlashib bormoqda.
Hozirgi kunga kelib, turli
xil korxona, tashkilot va firmalar bank, soliq va statistika
tashkilotlariga bormasdan