• 1. Nazariy qism
  • Masalan
  • Word Generator
  • 3. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
  • 15-laboratoriya ishi mavzu: Analog-raqam o‘zgartirgichlarni tadqiq qilish. Ishdan maqsad




    Download 330,52 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana15.01.2024
    Hajmi330,52 Kb.
    #138041
    Bog'liq
    15-LABORATORIYA ISHI



    15-LABORATORIYA ISHI 
    Mavzu:Analog-raqam o‘zgartirgichlarni tadqiq qilish. 
    Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda kod 
    o'zgartiruvchilarni sxemasini tuzish va ishlashini o’rganish. 
    1. Nazariy qism: 
    Raqamli-analog oʻzgartirgich (RAO’) va analog-raqamli oʻzgartirgich 
    (ARO’) raqamli kattalikni unga proportsioanl boʻlgan elektr tok yoki
    kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. 
    Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli 
    amallarni bajarishga moʻljallangan, differentsial kuchaytirish printsipiga 
    asoslangan, kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan 
    oʻzgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qoʻshish, ayirish,
    koʻpaytirish, boʻlish, integrallash, differentsiallash, masshtablash kabi
    matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OK lar analog va raqamli
    qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, koʻpaytirish, chastotani filtrlash,
    generatsiyalash, signallarni barqa-rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning
    uchun OK larga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA 
    zanjirlari yordamida OK lar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni)
    bajaradilar. 
    AROʻ larni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda maxsus
    kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. AROʻ 
    vazifasini OK da bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin. Kirishlar 
    soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari soni bilan aniqlanadi. K1-
    K4 kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda boʻlish mumkin. Soddalik
    uchun K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻ 
    ni koʻrib chiqamiz.
    Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda,
    mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini ikkilik
    sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday oʻzgartirish 
    mexanizmini koʻrib chiqamiz.


    Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning
    berilgan qarshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi: 
    Demak, RAOʻ kirishidagi ikkilik sanogʻidagi bir uning chiqishida oʻnlik 
    sanogʻidagi birga, ikki - ikkiga, ..., 15 esa, 15 ga mos keladi.
    RAOʻ registorlariga barharorlik va
    nominal aniqligi boʻyicha jiddiy talablar qoʻyiladi. Ayniqsa AROʻ keng
    temperatura intervalida ishlaganda. Bir hil va proporsional qarshilikli
    rezistorlarni texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar
    koʻrinishida yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali
    modifikatsiyalangan AROʻ keng tarqalgan variant boʻlib hisoblanadi. U ikki
    marotaba koʻp sonli rezistorlardan tuzilgan boʻlib, ular atigi ikki nominalga
    R va 2R teng boʻladi. Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va tokka 
    oʻzgartiruvchi AROʻ lar ham mavjud.
    2-rasmda keltirilgan AROʻ sxemasi, ikki marta integrallovchi yuqori 
    aniqlikdagi AROʻ deb ataladi. 


     
     
    Electronics Workbench dasturida kod o'zgartirishda “Word Generator” 
    ni ishga tushiramiz. 
    Word Generator” ni ishga tushirganimizdan so’ng raqam, harf va 
    simvollarga mos kodlarni hosil bo’lishin kuzatamiz. 
    Masalan quyidagi 8, b, +, % larni kodini hosil qilamiz. 


    Quyidagi sxemada analog-raqamli oʻzgartirgich (ARO’) keltirilgan 
     


    Topshiriq: Word Generator” sxemasini ishga tushuring va raqam, harf, 
    simvollardan kamida to’rttasini kodlarini hosil qiling va hosil bo’lgan kodlarni 
    ko’rsating. 
    2. Ishning bajarilish tartibi 
    1. Yuqoridagi ma’lumotlar va qo'shimcha adabiyotlar yordamida 
    nazariy qismni o'rganib chiqish. 
    2. Namunaviy misolni ko'rib chiqish. 
    3. Ishni bajarish uchun o'qituvchidan masala variantni olish. 
    4. Berilgan variant bo'yicha yechimlar daraxtini qurish; 
    5. Alternativ yechimlarning tahlilini olib borish. 
    3. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
     
    1. Operatsion kuchaytirgich asosida bajarilgan jamlovchi raqamli-analog 
    o'zgartirgich holatni tekshiring. 
    2. Yuqori aniqlikdagi analog-raqamli o'zgartirgich sxemasi va vaqt 
    diagrammalari holatni tekshiring. 
    3. Parallel kodlovchi analog-raqamli o ‘zgartirgichning xususiyatlari tekshiring. 

    Download 330,52 Kb.




    Download 330,52 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-laboratoriya ishi mavzu: Analog-raqam o‘zgartirgichlarni tadqiq qilish. Ishdan maqsad

    Download 330,52 Kb.
    Pdf ko'rish