|
15-mavzu: markaziy bankning mustaqilligi reja
|
bet | 9/14 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 311 Kb. | | #117405 |
Bog'liq Pul va banklar- Mustaqil ishFZT qanchalik mustaqil?
Keyingi uchta bobda FZTni monetar siyosatni olib borishini o`rganayotganda, nima uchun aynan shu yo’l bilan faoliyat olib borishiga qiziqishimiz mumkin. Uning xatti xarakatlarini tushuntirish uchun, sabablarini tushunishimiz kerak. FZT Kongressdan va prezidentning to`gridan to`gri ta’siridan qanchalik ozod? Uning foaliyatiga iqtisodiy, byurokratik eki siyosiy faktorlar ta’sir qiladimi? Haqiqatan ham FZT tashki bosimdan mustaqilmi?
Massachusets texnologik institutining professori va Xalqaro valyuta fondining direktor-raxbar urinbosari Stenli Fisher markaziy banklarning mustaqiligini ikki xil ko‘rinishni belgilab berdi: instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik – markaziy bankning monetar siyosatni olib borishdagi instrumentlarni tanlash qobiliyati, va maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik - monetar siyosat maqsadlarini belgilashdagi markaziy banklarning qobiliyati. FZT 2xil ko`rinishdagi mustaqillika ega va boshqa davlat organlariga ta’sir qiluvchi siyosiy bosimdan ozod bo’ladi. Boshqaruv Kengashi ishtirokchilari 14 yillik muddatga saylanadilar va bu muddat qayta tiklanishga mo`ljallanilmaganligi uchun boshqaruvchilarni Kongress yoki prezident tassarufini egalashga yo’l qo’yilmaydi.
Ehtimol, Kongress injikliklaridan FZTni mustaqil qiluvchi yana bir muhim omil, bu qimmatli qog`ozlardan keluvchi daromad va kichik darajada banklarning kreditlanishi. Masalan, 2010 yilda FZT 80 mlrd.doll. ga yaqin sof daromad ko`rdi- bu uncha kam emas! Shu daromadlarning katta qismini Gaznachilikka berilgani sababli FZT boyib ketmagan, ammo qolgan davlat muassasalari oldida unga muhim foyda ya’ni: byujdet xisobidan moliyalashtirilmasligi sababli, federal xukumat uning monetar va valyuta siyosatlarini nazorat qila olmaydi. Xamyon ustidan xukm – bu umumiy hukm sinonimi, shuning uchun FZTning moliyaviy mustaqiligi boshqa bir omillardan ko`ra muximrok.
Ammo FZT qonunchiligiga o`zgarishlar kiritadigan Kongress ta’siriga FZT bog`lik bo’ladi. FZT monetar siyosatni olib borishida deputatlar noroziligini bildirsa ular, boshqa davlat muassasalari kabi FZTnng mablag`larini qo`lga kiritib uning xarajatlarini byudjet orkali moliyalashtirishni taxdid qiladilar.
Shuningdek Kongress, FZTning qonunchiligiga o’zining faoliyati uchun javogarligi maqsadida o`zgartirish kiritgan. 1975yilda Kongress FZTdan monetar agregatlarning o`sishini maqsadli ma’nosini nashr etishni talab qiluvchi 133 nomli rezolyutsiyani qabul qilgan. To`liq bandlik va balanslashtirilgan o`sish bo`yicha 1978-yilda qabul qilingan Qonun, FZTdan shu monetar agregatlar o`sishining maqsadli yo`naltirilishi AQSH prezidenti e’lon qilgan, iqtisodiy rivojlanish rejalariga to`gri kelishini tasdiqlab berishini talab qilib qo`ydi.
Prezident xam FZTga uz ta’sirini ko`rsatishi mumkin. Birinchidan Kongress orqali chunki, oxirgisi to`gridan to`gri FZTga va monetar siyosatni olib borishiga ta’sir qiladi. Ikkinchidan, rasman prezident Boshqaruv Kengashining bir yoki ikkita ishtirokchilarining bir prezidentlik muddati davomida saylashi mumkin bo`lsada, tajribada ularni ko`proq saylash huquqiga ega. Buning sabablaridan biri ko’pchilik boshqaruvchilar lavozimini to`liq 14 yil egallamaydilar (boshqaruvchining okladi xususiy biznesdagidan ko`ra ancha kam). Bundan tashqari prezident boshqaruv Kengashi raisini xar 4 yilda saylashi mumkin va oldingi rais yangi muddatga saylanmasdan Kengashdan ketadi va uni o`rniga boshqasi saylanadi.
Ammo prezidentning boshqaruv Kengashi tuzilmasiga chegaralangan. Kengash raisining muddati prezident saylanish muddati bilan to`gri kelmagani sababli, prezident undan oldin saylanib ketilgan rais bilan ishlashga to`gri keladi. Masalan, Alan Grinspen 1987 yilda Ronald Reygan prezidenti tomonidan FZT boshqaruv kengashi raisi deb saylangan va ya’ni muddatga boshqa prezident Djorj Bush tomonidan qayta saylanilagan. 1993yilda demokrat Bill Klinton prezident etib u 1996-yilda qayta saylagan va Grinspen muddati tugashiga bir necha yil bor edi. Kuchli ta’sir ostida Klinton Grinspeni respublikalik bo`lishiga qaramasdan 1996-yilda va 2000-yilda qayta mudatga saylab qo`ydi.
Ko`rinib turgandek FZT – bu dunyodagi mustaqil markaziy banklardan biri. Ammo u siyosiy bosimdan ozod emas. FZTni xatti xarakatini tushunish uchun, axolini qo’llab quvvatlashi uning faoliyatida muxim rolni uynashini tan olish kerak.
|
| |