• 9-oktabr – Butunjahon pochta kuni
  • Jahon pochta ittifoqi




    Download 19.26 Kb.
    bet1/3
    Sana26.02.2024
    Hajmi19.26 Kb.
    #162844
      1   2   3
    Bog'liq
    jahon pochta
    Kitob 1662 uzsmart.uz, Ferula L tuwısı túrleri jetistiriw texnologiyası , Amaliyotchi talabaga tavsifnoma, STEAM ta, ISHLAB CHIQARISHDA QO\'LLANILADIGAN YORITGICH TURLARI ULARDAN FOYDALANISH, xristianlikning paydo bo\'lishi ,aqidalari ,asosiy yo\'nalishlari ta\'limotlari va manbalari., BARAROR REJIMDA ROSTLASH SIFATINI BAHOLASH POG\'ONALI SIGNAL TA\'SIRI ORQALI O\'TISH JARAYONI SIFAT KO\'RSATKICHKLARI, S.Mirzaev TASK 1 & TASK 2, maktabgacha ta\'lim metodikasi, 2023-10-19-05-31-21 158aea553bdaa3805a44ec2e640e2732, ahsbgdlhas

    JAHON POCHTA ITTIFOQI — xalq aro davlatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi (1947-y. dan). I Xalqaro pochta kongressida tashkil etilgan (1875). 1878-y. gacha Umumiy pochta ittifoqi deb atalgan. Vazifasi pochta xizmatini yaxshilash, shu sohada hamkorlikni taraqqiy ettirish, rivojlanayotgan mamlakatlarda pochta xizmatini tashkil etish va takomillashtirishda texnika yordami koʻrsatishdan iborat. 2002-y. 1 yanv. daunda 189 davlat aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1994-y. dan aʼzo. Asosiy organlari: Jahon pochta kongressi, Ijroiya kengashi, Pochta ekspluatatsiyasi kengashi va Xalqaro byuro. Oliy organi — kongress, 5 yilda 1-marta chaqiriladi. Jahon pochta ittifoqining rasmiy tili fransuz tili, ish jarayonidagi tili — ingliz, ispan, rus tillari. «Pochta ittifoqi» jurnali, kongresslar hisoboti va b. ni nashr qiladi. Oʻzbekiston vakillari 21-kongress (1994-y. Seul sh.), 22-kongress (1999-y. Pekin sh.) da qatnashgan. Jahon pochta ittifoqi idorasi Bern sh. da joylashgan.
    9-oktabr – Butunjahon pochta kuni
    1874-yil 9-oktabr kuni Shvеysariya poytaxti Bеrn shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi, deb xabar beradi“O‘zbekiston pochtasi” AJ.
    9-oktabrni Butunjahon pochta kuni dеb e’lon qilish haqida 1969-yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongrеssida rasman qaror qabul qilingan.
    Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasini davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini tatbiq etishdir. BPIga a’zo-davlatlar tomonidan milliy pochta xizmati faoliyatiga oid tadbirlar dasturlari qabul qilinib ommaviy axborot vositalari orqali yoritib o‘z aholisini tanishtirishga harakat qiladi.
    1994-yili O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga to‘la huquqli a’zo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.

    Download 19.26 Kb.
      1   2   3




    Download 19.26 Kb.