|
Rivojlangan davlatlar markaziy banklari
|
bet | 2/14 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 311 Kb. | | #117405 |
Bog'liq Pul va banklar- Mustaqil ish15.2. Rivojlangan davlatlar markaziy banklari.
Moliya bozorlarining asosiy ishtirokchisi bo’lib hisoblanuvchi Markaziy banklar monetar siyosatni olib boruvchi davlat organlarini o’zida aks ettirdi. Markaziy banklar foiz stavkalari, kreditlar, pul massasining salmog’ini boshqaradi. Bularning barchasi nafaqat moliya bozorlariga balki umumiy ishlab chiqarishga va inflyatsiyaga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Markaziy banklar moliya bozorlarida va umuman iqtisodiyotda qanday o`rin egallashni bilish uchun, bu tashkilotlar qanday ishlashini ko`rish zarur. Kim Markaziy banklarni nazorat qiladi va ularning xarakatlarini yo`naltiradi? Ularning xulqi sabablari nimada? Kimning boshqaruvi ostida? Yirik Markaziy banklarning va eng birinchi o`rinda dunyodagi nufuzli Markaziy bank “Federal zaxira Tizimi” (FZT)ning institutsional tashkiliy tuzilishi quyidagi bobda ko`rib chiqamiz. FZTning rasmiy tuzilishini o`rganishdan boshlab, so`ng FZT xaqiqiy faoliyatini taqsimlovchi norasmiy tuzilishini ko`rib chiqamiz. Kim qaror qabul qilishini bilgan xolda, ularning qay tarzda qabul qilinishini yaxshiroq bilib olamiz. Nixoyat, boshqa muhim banklar, jumladan, Yevropa Markaziy bankining tuzilishi va mustaqilligini ko‘rib chiqamiz. Amaliyotda monetar tizim qanday olib borilishini quyidagi ma’lumotlardan bilib olishimiz mumkin.
Federal Zaxira Tizimining tashkil qilinishi.
Federal Zaxira Tizimi dunyodagi barcha Markaziy banklar orasida eng noyob tashkiliy tuzilmaga ega desa bo’ladi. Bu tuzilma kelib chiqishini ko`rish uchun, FZTning tashkil qilingan vaqti 1913 yilga to`xtalib o`tamiz.
XX asrning boshlangunigacha markazlashgan kuch va shtatlarning faoliyati, xuquqiy nazorati oldidagi qo`rquv, Amerika siyosatining asosiy xususiyati bo’lgan. Amerika jamiyatining Markaziy bank faoliyatiga nisbatan qo`pol muomalasi bank tizimini boshqara oladigan ikkita yirik tajribaviy Markaziy bankning qulashiga olib keldi: AQSHning birinchi banki 1811 yilda tarkatilib yuborilgan, ikkinchi AQSH bankining milliy ustavi AQSH prezidenti E.Djekson uning faoliyatini davom qilinishiga 1832 yilda veto e’lon qilgandan so`ng 1836 yilda tugatildi.
Ikkinchi bank faoliyatini bekor qilinishi, 1836 yilda amerika moliya bozorlariga bir qator muammo tug`dirdi, chunki inqirozli vaziyatda kreditor bank vaximasini oldini oluvchi so`ngi kreditor yo`qolgan edi. Shuning uchun 19 asr oxiri 20 asr boshlarida so`ngi 20 yil ichida umummilliy miqyosda bank vaximalari doimiy ravishda sodir bo`laveradi.
|
| |