• Ishtirokchilarga fikrni jamlashda yordam berish
  • Masofadan boshqarishni ishga tushirish
  • Hamkasblarni noodatiy holatda ko‘rish
  • 15-mavzu: zoom dasturi sozlanmalari, konfrens aloqa tashkil qilish




    Download 388.61 Kb.
    bet3/3
    Sana01.03.2024
    Hajmi388.61 Kb.
    #165023
    1   2   3
    Bog'liq
    15-mavzu 6-22
    Operatsion tizim, UNIX, Приложения 5 а Дополнительный вкладыш к форме ФО, a.y Mus ish2, 111111, 1-Amaliy mashg\'ulot, Elektr taminoti tizimining murakkab sxemalarining ishonchliligi, Optik aloqa tizimlari (1), Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganl, Konservalarni atmosfera bosimidan yuqori bosimda, Ma\'naviy qadriyatlar, test blanka, Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi, 2010 10 may
    Noverbal muloqot qilish
    Zoom'dagi barcha sozlamalarni ko‘rish uchun “Umumiy” bo‘limidagi “Ko‘proq sozlamalarni ko‘rish”ni tanlang. Ular orasida “Noverbal qayta aloqa” instrumenti ham bor. U ishtirokchilarga ma'ruzachining so‘zini to‘xtatmagan holda o‘z fikrlarini bayon etish imkonini beradi. Buning uchun ular “Ha”, “Yo‘q”, “Sekinlashish”, “Tezlashish” va “Finjondagi qahva” belgilaridan foydalanishlari mumkin.
    Zoom'da reaksiya qilish uchun belgilar talaygina, biroq konferensiya tashkilotchisi ruxsat berilgan emojilar ro‘yxatini cheklab qo‘yishi mumkin.
    Ishtirokchilarga fikrni jamlashda yordam berish
    Zoom onlayn darslar uchungina mo‘ljallangan fikrni jamlash rejimini ishga tushirdi. Biroq u kattalar chalg‘ib qolishi mumkin bo‘lgan ommaviy majlislar uchun ham asqotadi.
    Fikrni jamlash rejimi tashkilotchilar faqat ma'ruzachi va u bo‘lishayotgan kontentnigina ko‘rishi uchun ishtirokchilar videosini berkitish imkonini beradi.
    Sozlamadan uchrashuv ma'murlarigina foydalanishi mumkin. Uni Zoom'ning veb versiyasida “Konferensiyada (kengaytirilgan)” bo‘limida ishga tushirish mumkin.
    Masofadan boshqarishni ishga tushirish
    Zoom sozlamalari to‘liq berilgan sahifada masofadan boshqarishni ishga tushirish mumkin. Bu degani kimdir o‘z ekranini boshqalarga ko‘rsatganida u ishtirokchilarga o‘z ekranini masofadan turib boshqarishga ruxsat beradi.
    Instrument loyiha ustida hamkorlikda ishlash yoki texnik yordam uchun mos keladi. O‘z ekranini ko‘rsatayotgan odam istalgan vaqtda nazoratni o‘ziga qaytarib olishi mumkin.
    Hamkasblarni noodatiy holatda ko‘rish
    Ertami kechmi Zoom'dagi tasvirga qarash kishini zeriktiradi. Biroq buning uchun ham yechim bor. Sozlamalarning to‘liq ro‘yxatida konferensiya ishtirokchilari qanday ko‘rinayotganiga o‘zgartirish kiritish mumkin. Masalan, ularni ma'ruza xonasi yoki oshxona stoli atrofiga joylashtirish mumkin.
    Zoom ishtirokchilarni avtomatik tarzda joylashtirib chiqadi, biroq ularni qo‘l bilan birma-bir joylashtirish ham mumkin.
    Ularni ekraningizning turli qismlariga joylashtirish ham mumkin. Masalan, boshning ustida yoki suv to‘ldirilgan stakan ichiga.
    Download 388.61 Kb.
    1   2   3




    Download 388.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-mavzu: zoom dasturi sozlanmalari, konfrens aloqa tashkil qilish

    Download 388.61 Kb.