Tizim platformalari bilan tanishish




Download 33,37 Kb.
bet3/11
Sana11.12.2023
Hajmi33,37 Kb.
#115671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16-mavzu cms (content management systems — kontentni boshqaruv -fayllar.org

Tizim platformalari bilan tanishish 


Oxirgi o‘n yillikda zamonaviy saytlar oddiy saytlarga nisbatan ancha ilgarilab


ketdi. Zamonaviy saytlar bejirim dizayn va puxta o‘ylangan reklama usullaridan
tashqari, takrorlash qiyin bo‘lgan qat’iy funksiyalarni o‘z ichiga olgan sahifalar
to‘plamidan iborat. Shu sababli, aksariyat foydalanuvchilar turli funksiyalarga ega
zamonaviy saytni “nol”dan yozishdan ko‘ra, ommalashgan CMS platformalardan
foydalanishni ma’qul ko‘radi. ASIZMI?
O‘zini yoki mahsulotini internet orqali reklama qilmoqchi bo‘lgan
kompaniyalarning o‘z shaxsiy sayti bo‘lishi zarur. Professional mutaxassislar guruhiga
ega ixtisoslashgan firmalardan farqli ravishda, aksariyat tashkilotlarda shaxsiy sayt
yaratish uchun mutaxassislar yetishmaydi. Shu sababli, ular standart funksiyalar
to‘plamiga ega CMS platformalardan foydalanadilar. CMS platformalar sayt tarkibini
materiallar bilan to‘ldirish, ularni o‘zgartirish va resurslarni boshqarish, yangi sahifalar
yaratish, sayt ko‘rinishi, dizaynini optimallashtirish va uning tarkibini yaxshilash
imkoniyatlarini beradi.
Saytning ko‘pfunksionalligi, imkoniyatlari, foydalanuvchi uchun qulayligi
CMS platformaga bog‘liq. To‘g‘ri tanlangan platforma saytni muvaffaqiyatli yaratish,
reklama qilish bilan bir qatorda, mijozga zavqli, ishonchli va talab darajasida ishlash
imkonini beradi.
Yopiq kodli platforma — shifrlangan dasturiy ta’minot.
Uning tarkibini ko‘rib chiqish, tahrirlash, o‘zgartirish, unga qo‘shimchalar
kiritish mumkin emas.
Plugin (plagin) — dasturiy ta’minot uchun qo‘shimcha ilova. U dastur
imkoniyatlarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
CMS platformalar ikki guruhga bo‘linadi:
— ochiq kodli (bepul tarqatiladigan), foydalanuvchi tomonidan ichki kodining
o‘zgartirilishiga ruxsat beriladigan tizimlar: WordPress, Joomla, Drupal, Typo3, 
OpenCart, Serendipity, Dotclear, ImpressPages, Chamilo, Magento, PrestaShop; 
— yopiq kodli (tijorat maqsadida tarqatiladigan), foydalanuvchi tomonidan
ichki kodining o‘zgartirilishiga ruxsat berilmaydigan tizimlar: Shopify, 1С-Битрикс, 
CS-cart, DataLife Engine, BigCommerce, Shop-Script 
CMS platformalar vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
— yuqori ixtisoslashgan. Bu tizimlar alohida imkoniyatlarga ega bo‘lib, maxsus
belgilangan vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan platformalar (masalan, internet
do‘konlarini tashkil etish:
bepul — OpenCart, Magento va b., tijorat maqsadida tarqatiladigan, ya’ni pullik
— BigCommerce, Shop-Script va b.);
— universal. Turli vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan platformalar (masalan,
WordPress, Joomla, Typo3).

Download 33,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 33,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizim platformalari bilan tanishish

Download 33,37 Kb.