•
buxgalteriya, reklama, marketingga oid ishlarni amalga oshirish (reklamachi,
marketolog);
•
matn yozish, matn tahrirlash, tarjima qilish (kopirayterlar);
•
dastur va dasturiy ilovalar yaratish (dasturchilar);
•
turli saytlar yaratish va yuritish (SEO-mutaxassislar);
•
web-dizayn va illyustratsiya ishlari (dizayner);
•
3D-modellar yaratish (3D-modellashtirish bo‘yicha mutaxassislar);
•
poligrafiya mahsulotlarini sahifalash (sahifalovchi) va boshqalar.
FREELANCERLIKNING AFZALLIKLARI
•
Erkin ish tartibi.Ixtiyoriy vaqtda mehnat qilishi mumkin. Yosh bolalari,
parvarishga muhtoj yaqinlari bo‘lgan shaxslar, ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ish
bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar hamda o‘quvchi va talabalar uchun ish vaqtini o‘zi
belgilashi katta qulaylik yaratadi.
•
Ish joyini o‘zi belgilashi.Yosh onalar va
imkoniyati cheklangan shaxslar,
shuningdek, sog‘ligi tufayli muammosi bor odamlar uyda yoki o‘zlari uchun boshqa
qulay joyda mehnat qilishlari mumkin.
•
Mablag‘ni tejash.Ofisni ijaraga olish,
kunlik transport xarajatlari, ko‘chada
ovqatlanishga pul sarflashning hojati yo‘qligi.
•
Eng qulay ish sharoitlari.Shaxsiy ish joyi, kiyim-kechak, harorat, oziq-ovqat va
boshqalar. Ish va oila o‘rtasida eng maqbul muvozanatni yaratish.
•
Ishni mustaqil ravishda tanlash. Faqat o‘ziga ma’qul bo‘lgan buyurtmalar bilan
ishlash, masalan, mehnatga yuqori haq to‘lanadigan davlatlardagi mijozlar bilan
hamkorlik qilish.
•
Shuningdek, qiziqmaydigan, noqulay loyihalarni
amalga oshirishdan bosh
tortish. Faqat o‘ziga yuklatilgan vazifanigina bajarish.
•
Jamoaga moslashishning shart emasligi. Sheriklarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlash
imkoniyatining mavjudligi.
•
Katta daromad olish imkoniyati. Ko‘plab
mijozlar, buyurtmachilar orttirgan
freelancer barqaror daromad manbayiga ega bo‘ladi, unga korxona yopilishi, xodimlar
soni qisqarishi va boshqa shu singari omillar xavf solmaydi.
•
Ko‘p sohalar bo‘yicha ishlash. Mutaxassislik diplomi shart emas. Ayniqsa,
bugungi kunda mutaxassisligi bo‘yicha ish topolmayotganlar
yoki yoshlardan
freelancer bo‘lib ishlash uchun faqatgina bilim va mahorat talab etiladi.
•
Jamiyat hayotida ko‘proq ishtirok etish imkoniyati.
FREELANCERLIKNING KAMCHILIKLARI
•
Daromadning beqarorligi. Oy davomida
katta hajmdagi ishni bajarish,
keyinchalik buyurtmalarning ozayishi tufayli daromadning kamayib ketishi.
•
Yangi buyurtmalarni doimiy ravishda izlash,
ularga vaqt sarflash, ba’zan
freelance-sayt va reklamalar uchun pul sarflash.
•
O‘z-o‘zini rag‘ batlantirish va vaqtni boshqarish.
•
Doimo aloqada bo‘lish. Internet va mobil aloqaning uzluksiz ishlashini kuzatib
borish.