JOOMLA PLATFORMASI
Joomla (https://www.joomla.org/) — o‘ta sodda,
maxsus bilim talab
qilmaydigan, sayt yaratishni boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bepul tizim turi.
Joomla matnli kontentga asoslanmagan web-sayt yaratish uchun mo‘ljallangan,
“maxsus xabar turlarini”, ya’ni ma’lum vaqt ochiq turishi lozim bo‘lgan xabar turlarini
boshqarish imkonini beruvchi platforma.
Shuningdek, platforma
foydalanuvchilarga
boshqarish uchun juda ko‘p funksiyalarni taklif etadi. Platforma tarkibida ko‘p
tilli
qo‘llab-quvvatlash imkoniyati mavjud bo‘lib, sayt tillarini qo‘shish
uchun plaginlar
o‘rnatish (WordPress kabi) shart emas. Platforma bir vaqtning o‘zida turli kontentlar
uchun bir necha shablon yoki mavzulardan foydalanish imkonini beradi.
DRUPAL PLATFORMASI
Drupal (https://www.drupal.org/) — to‘liq sayt yaratish uchun o‘zida barcha
elementlarni qamrab olgan, ko‘pfunksional, nisbatan sekin ishlovchi platforma. Drupal
ham Joomla kabi “maxsus xabar turlari” bilan ishlashga moslashuvchan platforma.
Platforma foydalanuvchilarni hamda ko‘p tilli saytlarni boshqarish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, mazkur platforma WordPress va Joomlaga nisbatan xavfsizroq platforma
hisoblanadi.
Odatda, CMS platformalar yordamida quyidagi ko‘rinishdagi saytlar yaratiladi:
➢ blog, forum (WordPress, phpBB, vBulletin);
➢ internet do‘kon (Magento, OpenCart, osCommerce);
➢ ijtimoiy tarmoqlar (InstantCMS, Social Engine);
➢ shaxsiy saytlar (WordPress, Monstra);
➢ korporativ saytlar (Joomla, Drupal);
➢ portallar (DLE, Drupal).
Biroq, CMSning aksariyati moslashuvchan tarzda sozlanishi va har xil saytlarni
yaratishda ishlatilishi mumkin. Masalan, eng ommabop va universal variant bu —
WordPress bo‘lib, uning yordamida deyarli har qanday loyihani yaratish mumkin:
shaxsiy web-sayt, yirik portal yoki internet-do‘kon.